Texnoman.uz iyul oyi #2 tanlovi o'z nihoyasiga yetdi

Assalom alaykum.

Texnoman.uz saytida Texnoman.uz iyul oyi #2 tanlovini e'lon qilgan edik. Tanlov yuzasidan bir oy vaqt davomida Texnoman.uz saytida #texnomantanlov va #texnomaniyultanlov teglari bilan bir qancha qiziqarli, foydali maqolalar joylandi. Bir oy muddatdan so'ng, tanlov g'oliblarini aniqlash uchun Texnoman.uz saytining telegramdagi kanalida ovoz berish yo'lga qo'yildi. Ovoz berish jarayoni natijalari quyidagicha bo'ldi:

1-o'rin. Python'da TelegramBoT yaratish #1(30 ta ovoz) - Muallif: begyypy

2-o'rin. Python-Django-Rest framework API(26 ta ovoz) - Muallif: begyypy

3-o'rin. GitHub – dasturchilar va dasturiy ta'minotlar olami(21 ta ovoz) - Muallif: user8102

Bu galgi tanlovimizda qiziq holat yuz berdi, begyypy foydalanuvchimizning bir vaqtni o'zida ikki maqolasi tanlovda sovrinli o'rinni egalladi.

Tanlov g'oliblariga

1-o'ringa - 80.000 so'm;

2-o'ringa - 70.000 so'm;

3-o'ringa - 60.000 so'm

pul mukofotlari topshirildi.

Tanlovda ishtirok etgan barcha saytimiz va kanalimiz foydalanuvchilariga Texnoman.uz sayti ma'muriyati o'z minnatdorchiligini bildiradi.

Keyingi tanlovlarda ko'rishguncha!


texnoman

Muallif haqida

Texnoman Jamoasi Internetni rivojlantiramiz!


Blogdagi so‘nggi maqolalar:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!