yangi

Toshkentda #MITCROADMAP2018 anjumani bo'lib o'tadi

Toshkentda #MITCROADMAP2018 anjumani bo'lib o'tadi

2018-yil 22-may kuni Toshkentdagi Inha Universitetida #MITCROADMAP2018 anjumani bo'lib o'tadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida» 2018 yil 19 fevraldagi PF-5349-sonli Farmoni asosida, 2018-2019 yillarda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari tizimini tubdan takomillashtirish bo'yicha "Yo'l xaritasi" tasdiqlangan. Shu munosabat bilan, #MITCROADMAP2018 anjumanida AKT-sohasi, IT-ta'lim rivojining tendensiyalari, davlat va biznes hamkorligidagi muammolar muhokama qilinadi.

Ushbu anjumanda quyidagi spikerlar ushbu turli xil mavzular bo'yicha fikr yuritishadi:

  • Azim Axmedxadjayev O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri O'zbekiston ICT-sohasi: hozirgi holat va istiqbol;
  • Farhod Roziyev «O'zbektelekom» AK Bosh direktori Milliy operatorning tubdan isloh qilinishi;
  • Sarvar Babaxodjayev Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori IT-education: Innovatsion avlodni tayyorlaymiz;
  • Farhod Ibragimov Mirzo Ulugbek Innovation Center direktori MUIC 360°;
  • Hikmat Abdurahmonov Tadbirkor, Xalqaro biznes va texnologiya assotsiatsiyasi (AMBiT) raisi Davlat va xususiy sheriklik: AKT vazirligi bilan hamkorlik mustahkamlanadi;
  • Yevgeniy Birger Konsultant
  • Moderator: Olimjon Umarov O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o'rinbosari

Anjumanda barcha xohlovchilar ishtirok etishlari mumkin.

Buning uchun 2018-yil 17-mayga qadar mana bu havola orqali ro'yxatdan o'ting va maxsus guvohnoma (beyjik) ga ega bo'ling.

Ishtirokchilar soni chegaralangan. OAV ham ro'yxatdan o'tishlari mumkin.


WinStyle - Texnoman foydalanuvchisi

Muallif haqida

WinStyle Java, Javascript, C++, MySql, NoSql, Oracle, Raspberry


Qiziq bo‘ladi:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!