TP-LINK W8960N Modemida UzOnline internet provayderi internetiga ulanish

TP-LINK W8960N Modemida UzOnline internet provayderi internetiga ulanish

TP-LINKW8960N Modemida UzOnline internet provayderi internetiga ulanish.

Salom do'stlar bugun uzonline internet provayderini internetiga ulanishni o'rganamiz. Hozir men TP-LINKW8960N markali modemda ulanishni kompyuterda ko'rsatib o'taman.

Modemni tokga ulaymiz, Modemni liniyaga ulaymiz, Wi-Fi tugmasi bilan Wi-Fi ni yoqamiz, RJ-45 kabeli bilan kompyuterni modemga ulaymiz, kompyuter modemni tarmog'iga ulanganidan keyin bo'ldi, internetga ulanishni boshlasak ham bo'laveradi.

Ishni bajarish tartibi:
1. Brauzerda 192.168.1.1 manzilini teramiz.
2. Имя пользователя degan joyiga admin va пароль degan joyiga admin deb yozamiz. Keyin логиниться tugmasini bosamiz.
3. Быстрая настройка bo'limiga o'tamiz.
4. Далее tugmasini bosamiz.
5. Выберите тип подключения WAN: qatoridan ADSL WAN ni tanlang va Далее tugmasini bosing.
6. Поставщик Интернет-услуг: dan прочее ni tanlang, VPI/VCI: ga 0 va 33 ni kiriting, PPP имя пользователя: ga uzonline dan olgan shartnomayizdagi 65-01588380 ga o'xshash bo'lgan sonni kiriting, PPP пароль: ga 588380 ga o'xshash bo'lgan sonni kiriting, Имя PPPoE-сервиса: ga uzonline deb yozing va Далее tugmasini bosing.

Buyog'iga Wi-Fi ni sozlash boshlanadi

7. Включить беспроводное вещание: ni yoqing, Имя беспроводной сети: ga Wi-Fi uchun ixtiyoriy nom bering, Сетевая аутентификация: dan ximoya turini tanlang va parollik qilsangiz pastgi qatorga parol tering va Далее tugmasini bosing.
8. Ushbu chiqqan oynadagi ma'lumotlarni eslab qoling yoki rasmga oling. Sabab internet bilan ulanish yo'qolsa ya'ni modemga sbros berib yuborsangiz internet bilan aloqani tiklashga ushbu ma'lumotlar kerak bo'ladi. Keyin Подтвердить tugmasini bosing. Men hozir u tugmani bosmayman chunki menda hozir internet ulangan.



To'xtayev Kamol - Texnoman foydalanuvchisi

Muallif haqida

To'xtayev Kamol


Blogdagi so‘nggi maqolalar:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!