yangi

Ubuntu 16.04 LTS. Nima o'zgardi?

Ubuntu 16.04 LTS. Nima o'zgardi?

21 aprel kuni Ubuntuning 16.04 Xenial Xerus versiyasi taqdim etilgan edi. Mana endi barcha ubuntuchilar uchun yangi versiya upgrade qilib olish uchun ochiq. Demak yangi versiyani sinab ko'rsak bo'ladi, lekin afsuski tas-ix serverlardan hali hech biriga 16.04 qo'yilmadi. Asosiy serverlar upgrade qilib olsak bo'ladi.

Ho'sh nimalar o'zgardi?

Linux Kernel 4.4 - Ubuntu 16.04 asosida eng yangi linux kernelning stabil versiyasi o'rnatilgan.

Python3 - Standart holda Pytonning 3.5 versiyasi qo'yilgan. Agar kodlarni ishga tushurmoqchi bo'lsangiz Python 2.7 kerak bo'ladi.

Golang 1.6 - "Go"chilar uchun esa 1.6 versiya o'rnatilgan. Aytgancha 16.04ga Go bor degani, $GOROOT va $GOPATH ha sozlangan degani emas :) Uni o'zingiz ko'rsatishingiz kerak bo'ladi.

PHP 7 - Eng "свежий" php :) Agar siz haliham PHP5 ishlatayotgan bo'lsangiz PHP7ga o'tish vaqti keldi :)

MySQL 5.7 - MySQL ma'lumotlar omborining yangi versiyasi.

Docker 1.10 - Dockerning konteynerlarni boshqarish uchun yangi versiya.

OpenSSH 7.2p2 - Ubuntuda eng yangi OpenSSHning versiyasi o'rnatilgan.

Apt 1.2 - Advanced Package Toolning yangi versiyasi.

Unity 7.4 - Unity Desktopning yangisi ancha tezroq va stabil ishlamoqda. Menyularni sal o'zgartirishgan, stillar ustida azgincha ishlangan. Launcherni pastga tushirish imkoniyati paydo bo'lgan. Huddi Windowsga o'xshab :) Windows Coming to Ubuntu :)

LibreOffice - Ofis dasturining yangi 5.1 versiyasi.

Shunday qilib Ubuntu 16.04, LTS bo'lib Long Term Support ya'ni uzoq muddat qo'llab quvvatlanadi. Bundan oldin esa 2014 yil Ubuntu 14.04 LTS maqomini olgan edi

ubuntu 16.04 lts 26-Aprel 04:47 2385

Mamatxalilov Farrux - Texnoman foydalanuvchisi

Muallif haqida

Mamatxalilov Farrux dasturchi


Qiziq bo‘ladi:


Fikrlar 7

WebStyle
WebStyle
Ubuntu 16.04 bo'yicha savollar bo'lsa marhamat. Manda ubuntu 16.04 turibdi, 21 aprel kuni upgrade qilib olgandim
Javlonbek
Javlonbek
1) Linux Ubuntuga nima aloqasi bor? 2) PHP, Python dasturlash tillari va MySQL Ubuntuda nima vazifa bajaradi? Nimaga kerak bular? 3) ...
WebStyle
WebStyle
Ubuntuni o'zida standart keladigan programmalar
Javlonbek
Javlonbek
Ubuntu dasturchilar uchunmi?
WebStyle
WebStyle
Farqi yo'q. Hohlagan odam windowsdayam, macdayam, ubuntudayam ishlayveradi. Kimga qanaqa o'ziga bo'gliq
Maruf
Maruf
Linuxda Socketlarni dasturlash nima degani ?
JONNY
JONNY
Siz aynan nimani nazarda tutyapsiz?
Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!