UZGeeks January2017 MeetUp

UZGeeks January2017 MeetUp

Assalom alaykum.

2017-yil 28-yanvar kuni soat 14:00-18:00'da Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetining Hind markazida UzGeeks'ning navbatdagi "UZGeeks January2017 MeetUp" bo'lib o'tadi. Qatnashish mutloq bepul va ixtiyoriy!

Meetup mavzulari:

1. Open Source Project Development Experience - Timur Bazikalov.
2. Open Source Network Security Solutions - O'ktam Yaqubov.
3. Community Brainstorm.

Ma'lum sabablarga ko'ra ushbu meetupda qatnasha olmaydiganlar uchun, onlayn translyatsiya rejalishtirilmoqda!

UzGeeks haqida:

Bu yurtimizda IT muhandislar o'zlarining faoliyati davomida shu sohada orttirgan bilim tajribalari, izlanishlari va yangiliklari bilan bo'lishish, yosh mutaxasislarga, talabalarga nazariy bilimlarni amaliyotdagi qo'llanilishini, yangi texnologiya va metodologiyalar bilan tanishish maydonchasidir. Ushbu guruhda tor doiradagi mavzular muhokama qilinadi, unda muhokama qilinadigan mavzularga qiziquvchi barcha ishtirok etishi mumkin.

UzGeeks'da muhokama qilinadigan mavzularga talablar:

Mavzular IT injeneriya sohasida bo'lishi shart:

Dasturlash (Software/Hardware);

Tarmoq va operatsion tizimlari (system/network admining);

Elektronika va Robototexnika;

AX (shifrovaniya, hujumlar va himoyalar);

Web Dizayn;

Mavzular o'zbek tilida bo'lishi shart.


WinStyle - Texnoman foydalanuvchisi

Muallif haqida

WinStyle Java, Javascript, C++, MySql, NoSql, Oracle, Raspberry


Blogdagi so‘nggi maqolalar:


Fikrlar 7

DelphiCoder
DelphiCoder
Online translyatsiyani qanday ko'rishimiz mumkin? Iltimos shu haqida ma'lumot bering!
WinStyle
WinStyle
Onlayn translatsiya qilinishi rejalashtirilmoqda. Google Hangouts yoki Facebook orqali amalga oshirilishi mumkin. Bu borada yangilik bo'lsa, e'lon qilishga harakat qilamiz!
DelphiCoder
DelphiCoder
Tas-Ix da qilishni iloji yo'qmi?! Agar Google Hangouts yoki Facebook da translyatsiya qilinadigan bo'lsa 1-2 megabits tezlik yetadimi? :)
WinStyle
WinStyle
1 megabit bemalol yetadi.
DelphiCoder
DelphiCoder
Raxmat!
iCON
iCON
Iltimos translyatsiyani tas-ix qilinglar
Mirshohid
Mirshohid
MeetUP dan lavhalar bo`lsa juda ham yaxshi bo`lar edi albatta =)
Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!