UzGeeks November2018 Meetup
Assalom alaykum.
17-noyabr shanba kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetida UzGeeksning navbatdagi "UzGeeks November2018 Meetup" bo'lib o'tadi.
Bu galgi meetupimizda quyidagi mavzular bo'yicha dokladlar bo'ladi:
1. Blockchainda dasturlash: Platformalar turlari, imkoniyatlari, qiyinchiliklari. Etherium platformasida misol tariqasida dastur yaratib, (smart contract) ishlatib ko'ramiz - Farruh Tashbulov(Pragmatik Solutions);
2. Go dasturlash tili kelib chiqish sabablari - Bobir Ismoilov(Yosh tadbirkor);
3. VertX texnologiyasi: 5 daqiqada web server - kuching yetsa buzib ko'r! - Saidolim Djuraev(Net Extensions)
Meetup odatiy ravishda bepul bo'lib, soat 14:00 da boshlanadi va unda ishtirok etish uchun oldindan ro'yxatdan o'tish kerak bo'ladi.
Ro'yxatdan o'tish: www.uzgeeks.uz
Meetup facebook: http://s.yordam.uz/nov2018
Avvalgi meetuplar haqida bu yerda o'qishingiz mumkin.
Birinchi bo‘ling!