yangi

Vaqt

Vaqt

Vaqt...

Shu kunga kelib bu mavzu o'zining dolzarbligini va qiymatini yo'qotmay kelgan mavzulardan deb bilaman va shuning uchun yana bir bor shu mavzuda qalam tepratishni xohladim. Kunlarning birida Buddadan "Hayotimizdagi eng katta qilgan xato ishimiz nimada ?" deb so'ralganda u shunday javob qilgan edi: bizning hayotimizdagi eng katta hayotimiz bizda vaqt bor deb o'ylashimiz. Vaqt bu tekin bir buyum lekin qiymati yo'q boylikdir siz uni boshqara olmaysiz lekin siz ishlata olasiz, siz uni saqlab tura olmaysiz lekin sarflay olasiz lekin qachonki u yo'qolib qolsa siz uni hech qachon qaytara olmaysiz. Insoniyat, olimlar fikricha, o'rtacha 78 yil umr ko'radi. Biz hayotimizning 28.3 yilini uyqu bilan o'tkazamiz va bu o'rtacha umumiy hayotimizning 30% ini yaxshi uxlash uchun kuch sarflashimizni bildiradi. Biz hayotimizning 10.5 yilini ishlash bilan lekin taxminan 50% inson shu ishini tark etish hisi bilan yashaydi. Vaqt va pulni solishtirgan vaqt qimmatliroq, siz ko'p pul topishingiz mumkin, ammo siz ko'p vaqtga egalik qila olmaysiz. Biz hayotimizning 9 yilini televizor va ijtimoiy tarmoqda va qolgan qismini yeb-ichish, sayohat qilish va boshqa kerak bo'lgan ishlar uchun sarflaymiz. Statistikalar shuni ko'rsatib turibdi, hozirgi davrda yoshlar o'rtacha 3.5 yilini o'rganish ilm-olishda o'tkazishadi. Bundan tashqari barcha ishlarni olib tashlaganda bizda yana 9 yil qoladi. Biz uni qanday sarflayapmiz?

Natijalarga ko'ra, agar inson har kuni ertalab vaqtli soat 4 turib o'z ishlarini tartib ila bajargan insonlarning 90% muvaffaqiyatga erishgan bunga ko'ra agar siz har kuni ertalab 4 da tursangiz yoshingiz 40 ga chiqqanda yoshingiz tengdoshlaringiz bilan bir xil bo'lishi mumkin, ammo siz ular 8 soat uxlaganda 6 soat uxlagansiz va natijada siz ulardan roppa-rosa 10 yil ko'p yashagan bo'lasiz. Steve Jobs aytganidek "Sizning vaqtingiz chegaralangan, birovning hayotida yashashni bas qiling". Bu yerda ham yaxshi ham yomon ma'no mujassamlashgan. Yomon tarafi vaqtni uchmoqda, ammo yaxshi tarafi siz uchuvchisiz. Tasavvur qiling, har kuni ertalab turganingizda sizga $86,400 taqdim etiladi va kunning oxirida barchasi g'oyib bo'ladi siz uni ishlatishga ulgurdingizmi yoki yo'q. Ertasi kuni esa sizga yana shuncha pul taqdim etiladi. Aminmanki agar sizga har kuni shuncha pul taqdim etilsa o'ylab ishlatishga harakat qilasiz. Ammo bu holat vaqt masalasiga kelganda doimo teskarisi. Bu soniyalar sizning pullaringizdan ancha kuchli, chunki siz har doim pul topishingiz mumkin, lekin vaqtni emas. Agar siz bir yil qadrini bilmoqchi bo'lsangiz universitetdan yiqilgan talabadan so'rang. Agar siz 1 oy qadrini anglamoqchi bo'lsangiz, homilador ayol qornidagi farzandidan oxirgi oyda ajralganidagi ahvolini ko'z oldingizga keltiring. Agar 1 daqiqa qadrini bilmoqchi bo'lsangiz, farzandi uzoq yurtlarda bo'lgan onadan so'rang. Agar siz millisoniyalar qadrini anglamoqchi bo'lsangiz olimpiada o'yinlarida 2 o'rinda kelgan sportchidan so'rang. Bizga insonlar bizning vaqtimizni sarflayotgandek tuyiladi lekin o'zimiz shunga qarshilik qila olmayotganimizdan esa xabarimiz yo'q. Ba'zida biz o'zimizga kerakli bo'lgan insonlarni yo'qotamiz chunki ularni vaqtlarni qadrlamaymiz va ba'zida biz o'zimizga kerakli inson yo'qolib qolgandan so'ng uning qanchalik qadrli ekanligini anglab yetamiz. Har bir insonda har kuni ertalab uyqudan uyg'onganidan boshlab ongida jang boshlanadi. Har xil ovozlar ba'zi bir ovozlar bizni dangasalikka, orqaga tortishga, hech qanday ish qilmaslikka, bizning potesialni o'ldirish bilan shug'ullansa qolgan ovozlar bizni tepaga tortishga, qobiliyatlarimizni rivojlantirishga, dangasa bo'lmaslikka undaydi va biz qaysi ovozlarni ko'p eshitsak o'shani bajaramiz, o'shani ketidan ketishga harakat qilamiz va bu bizning vaqtimizni qanday sarflashga bo'lgan tanlovdir. Hayot va Vaqt eng yaxshi 2 ustoz buni ko'pgina mashhur shaxslar o'z bitiklarida kitoblarida ta'kidlab o'tishgan, hayot bizga qanday qilib vaqtdan foydalanishni o'rgatsa, vaqt shu hayotning qiymatini qadrlashni o'rgatadi. Uilyam Shekspir o'zining kitoblarida "Vaqt unga hayrihoh bo'lganlar uchun juda sekin, qo'rqqanlar uchun juda tez o'tadi, xafa kishilar uchun juda uzoq va o'yin-kulguga berilganlar uchun juda qisqa va vaqtni sevganlar uchun esa u abadiy" deb ta'kidlagan.

Vaqt...


Abdurahmonov Abdufattoh Abduvosid o'g'li - Texnoman foydalanuvchisi

Muallif haqida

Abdurahmonov Abdufattoh Abduvosid o'g'li


Qiziq bo‘ladi:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!