Videohive haqida

Videohive haqida

Oramizda motion designerlikka qiziqadiganlar bor degan umiddaman. Agar unday bo'lmasa quyidagi ma'lumot albatta unga qiziqishingizni uyg'otadi. ENVATO haqida eshitgandirsiz. U "Digital marketing" yani "raqamli bozor" U nima degani? Ya'ni hozirda videolar, audiolar, rasmlar, dasturlar, websaytlar raqamli ko'rinishda to'g'rimi? Bu bozor aynan shu ko'rinishdagi mahsulotlarni sotish bilan shug'ullanadi. Unda 8 ta bo'lim mavjud. Ulardan biri "videohive.net". Unda video effectlar hamda tayyor videolar (stock footage) sotiladi. Hozir men ulardan biri haqida ma'lumot beraman. U After Effects loyiha fayli bo'lib, 2016-yilda yaratilgan. Hozirga qadar ushbu saytda peshqadamlikni qo'ldan bermay kelmoqda. Demak hozirgacha 17,522 ta sotilgan 45$ dan. Transitions

45$ ni 15%dan 30% gacha saytga qoladi. Undan tashqari adashmasam har bir sotuvdan 6$ olib qolinadi. Qolgan qismi muallifga yani o'sha loyiha egasiga qoladi. Loyiha muallifi esa "VIDEOLANCER". Loyihani quyidagi link orqali tomosha qilishingiz mumkin.


Hozirda "VIDEOLANCER" 750 000$ dan ortiq pul ishlab topgan. Ushbu muallifni adashmasam 30 ta loyihasi mavjud hozirgi kunda. VIDEOLANCER

Transtion bu qisqa qilib tushuntirsam bir kadrda boshqa kadrga o'tish. Siz yuqorida ko'rgan loyihadan hozirda O'zbekistonliklar ham foydalanishmoqda. Ularni reklamalarda, videokiliplarda, roliklarda ko'rishingiz mumkin. Ravshan Komilovning - Mayda kilipida ham ko'rishingiz mumkin ??:

Video havola: https://videohive.net/item/handy-seamless-transiti...

Bundan tashqari O'zbekistonlik mualliflarni ham ko'rishingiz mumkin. Ulardan biri 'LazizCG' nomli muallif. Uning profiliga quyidagi havola orqali kirishingiz mumkin. lazizcg

Siz yuqorida ko'rgan loyihalar 'Adobe'ning after effects dasturi yordamida qilingan ishlardir. After effects imkoniyatlari haqida quyidagi videodan bilishingiz mumkin. Adobe After Effects dasturi imkoniyatlari va unda qilingan ishlar

Hozircha shular. E'tiboringiz uchun raxmat!


QahramonSM - Texnoman foydalanuvchisi

Muallif haqida

QahramonSM


Blogdagi so‘nggi maqolalar:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!