yangi

WiFi orqali telefonni ADBga ulashni avtomatlashtirish

WiFi orqali telefonni ADBga ulashni avtomatlashtirish

Maqola universal bo'lishi uchun ADBni o'zi va uni o'rnatish haqida umumiy ma'lumot berib o'taman. Bular bilan tanish bo'lsangiz X qatordan boshlab o'qishingiz mumkin.

ADB o'zi nima?

ADB bu – Android Device Bridge(Android qurilma ko'prigi), u orqali kompyuterdan Android telefoningizga APK dasturlarni o'rnatish, o'chirish, fayllarni boshqarish kabi amallar va boshqa kommandalarni yuborishinigiz mumkin.

ADB qadnay o'rnatiladi?

Siz Android Studio o'rnatkan bo'lsangiz demak sizning kompyuteringizga allaqachon ADB o'rnatilgan. Agar o'rnatilmagan bo'lsa yoki Android Studioni o'rnatmasdan ADB ishlatmoqchi bo'lsangiz https://developer.android.com/studio/releases/platform-tools.html dan yuklab olib o'rnatishingiz mumkin.

ADB o'rnatishdan keyingi bosqichlar yoxud ADB nega ishlamayapti?

ADB o'rnatib bo'lganingizdan keyin uni har qayerdan chaqirganda ishlayveradigan qilishingiz kerak. Buning uchun ADBni 'System Variables'ga qo'shib qo'yishingiz kerak. Bu mana bunday tartbida bajariladi:

  1. ADB o'rnatilgan manzilni aniqlab oling. Asosan C:\Users\foydalanuvchi_nomi\AppData\Local\Android\sdk da joylashgan bo'ladi. Topganingizdan so'ng uni nusxalab(CTRL+C) oling
  2. Control Panel(Панель управления) dan System and Security(Система и Безопастность) bo'limidan System(Система) ga kiring.
  3. Chap tarafdagi Advanced System Settings(Дополнительные параметры системы) ga kiring.
  4. U yerdan Environment Variables(Переменные среды) ni bosing.
  5. System Variables(Системные переменные) bo'limidan Path ni toping va Edit(Изменить) ni bosing.
  6. O'sha yerga 1-qadamda nusxalab olgan manzilingizni alohida qator qilib qo'shing.

Endi har qayerdan turib CMD orqali ADBni ishga tushirish mumkin. Telefoningizni driverlarini topib o'rnatishingiz(Telefonga qarab driverlar har xil bo'lgani uchun bu mavzuda to'xtalib o'tmayman) va telefondan Developer Tools(Параметры разработчика) dan USB debugging(Отладка USB) ni yoqib qo'yish kifoya

ADBni WiFi orqali ishlatish

  1. Yuqorida ko'rsatilgandek o'rnatib olganingizdan keyin telefonni USB kabel orqali ulang.
  2. Telefon va kompyuterni bitta WiFi tarmoqqa ulang.
  3. Telefonni WiFidagi IP manzilini Telefon sozlanmalaridan WiFi bo'limida topib oling.
  4. CMDni ishga tushuring va quyidagi kommandalarni ketma-ket kiriting(har biridan so'ng ENTER bosib):
    • ADB TCPIP 5555
    • ADB CONNECT telefonning_ip_manzili:5555 (ikki nuqta va to'rtta beshni yozish muhim)

Shundan so'ng telefon ulanganligi haqida habar chiqadi. Aksincha bo'lsa xatolik kodi bilan chiqadi. O'sha kod orqali Google'dan izlab muammoni hal qilishingiz mumkin.

Ko'pincha ADB KILL-SERVER kommandasini terish muammoni hal qiladi.

Shuningdek CMDga ADB deb yozsangiz ADBning barcha kommandalari ro'yxati chiqadi. Bular bilan tanishib chiqish sizga uyga vazifa)

WiFi orqali ulashni avtomatlashtirish

WiFi orqali ishlatish qulay bo'lgani bilan ulash qo'l ushlaydigan ish, IP manzilni terib chiqish kerak. Har safar shunga vaqt sarflash o'rniga buni avtomatlashtirgan ma'qul.

  1. Notepad( Блокнот)ni oching
  2. Quyidagi matnni qavslardagi matnlarsiz kiriting:

ADB KILL-SERVER (har ehtimolga qarshi ADBni to'xtatib oladi)

ADB TCPIP 5555

ADB CONNECT telefonning_ip_manzili:5555

PAUSE (Bu CMD oynasi yopilib ketmasligi uchun kerak)

3. CTRL+SHIFT+S bosing.

4. Faylga o'zingizga ma'qul nom bering va .bat formatida (kengaytma bilan) saqlang.

Endi mana shu BAT faylni ishga tushirsangiz kerakli buyruqlar ketma-ketlikda avtomatik tarzda bajariladi.

Agar bu faylni Desktop(Рабочий стол) ga qo'yishni istamasangiz C:\Users\foydalanuvchi_nomi\ manziliga joylang. Chunki CMDni odatiy holatda ishga tushirganingizda aynan mana shu joylashuvda ishga tushadi.

CMDga hozir yaratgan faylingizning nomini kiritsangiz barcha buyruqlar birin ketin bajarilaveradi. Lekin bu holatda fayldagi oxirgi qatorda turgan PAUSE kommandasini olib tashlaganingiz maqsadga muvofiq. Chunki, CMDdan turib bat fayl ishga tushurilganda ish tugallab bo'linganidan so'ng CMD yopilmaydi.

Shu kabi vaqtingizni olib qo'yadigan doimiy ishlarni mana shu uslub bilan avtomatlashtirib qo'ysangiz ancha vaqtdan yutasiz. Bu sizning ikkinchi uyga vazifangiz))

Hozirgi kunda shunaqa avtomatlashtirishlar bilan ishini tezlashtirayotkan dasturchilar – 10xEngineerlar trendda.


Abduqodirov Abdulaziz Abdumalik o'g'li - Texnoman foydalanuvchisi

Muallif haqida

Abduqodirov Abdulaziz Abdumalik o'g'li Java, Android, Linux, Kotlin


Qiziq bo‘ladi:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!