Windows'da yangi "windows service" qo'shish

Windows'da yangi "windows service" qo'shish

Ba'zida Windowsda biron bir dasturni Windows service(Services/Службы) - windows xizmat ko'rinishida qo'shish kerak bo'lib qoladi.

Umuman windows xizmat qo'shish nima uchun kerak?

Deylik, dastur yaratdingiz va u dastur Windows ishga tushganda fon rejimida doimiy ishlab turishi kerak. Aynan shu holatda windows xizmatlar yordamga keladi.

Bu ishni ikki xil usulda bajarish mumkin:

1. Windows'ni standard dasturi orqali(sc.exe);

2. nssm - bepul utiliti orqali.

Ushbu maqolada qanday qilib sc.exe dasturi orqali Windows Service yaratishni ko'rsatib o'taman.

Demak, buning uchun birinchi navbatda administrator huquqi orqali terminalni ishga tushirib olamiz.

So'ng terminalda ushbu buyruqni yozamiz:

sc.exe create ServiceNomi binpath = "Ishga tushirilishi kerak bo'lgan dastur to'liq manzili"

Bu yerda "ServiceNomi" faqat harflar va sonlardan iborat bo'lishi kerak. Bundan tashqari bu nom operatsion tizimda ilgari kiritilmagan bo'lishi kerak. Buning uchun tizimda "Services" dasturini ochib, ro'yxatdan biz yaratmoqchi bo'lgan nom yo'qligini tekshirib ko'rish kerak.

Windows xizmat sozlamalari "Services" dasturida biz qo'shgan xizmat ustiga sichqonchani o'ng tugmasini bosib, xizmat sozlamalari bo'limi orqali boshqariladi.

Masalan:

sc.exe create MeningXizmatim binpath = "F:\TexnomanProject\WindowsService\MySuperApp.exe"

Windows service ni o'chirish uchun quyidagi buyruq beriladi:

sc.exe delete MeningXizmatim

Yuqoridagi har bir buyruqdan so'ng, tizimni o'chirib-yoqish(Restart) maslahat beriladi.


WinStyle - Texnoman foydalanuvchisi

Muallif haqida

WinStyle Java, Javascript, C++, MySql, NoSql, Oracle, Raspberry


Blogdagi so‘nggi maqolalar:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!