yangi

XYZ avlodlari haqida nazariya

XYZ avlodlari haqida nazariya

Hozirgi kunda kadrlar masalasi bilan ozgina shug'ullangan odam X, Y, va Z avlodlari haqida eshitgan bo'ladi. Bu avlodlar nima? Bu avlod odamlari kimlar? Ular bir-biridan qanday farqlanadi?

Demak, ushbu maqola X, Y, va Z avlodlari haqida bo'ladi.

Bu avlodlar biri-birlaridan birinchi navbatda yosh jihatdan farqlanishadi. Odamlar orasida yosh jihatdan har bir avlod o'rtasida farqlar borligi haqida birinchi bo'lib AQSHlik kuzatuvchilar Neyl Xouv va Ulyam Shtrauslarlar 1991-yilda aytishgan. Ular yosh jihatdan avlodlar qadryatlari haqidagi nazariyani yaratishgan. Bu farqlar sabablari o'rganilgan va ular vaziyatdan, iqtisoddan, siyosatdan va texnologiyalardan iborat ekanligi aniqlangan. Bir muddat o'tgandan so'ng bu nazariya amaliyotda qo'llanila boshlandi, chunki u biznes sohasida juda samarador edi. Hozirda bu nazariyani yanada tez-tez qo'llashmoqda.

Yosh nazariyasi 3 asosiy(X, Y, va Z avlodlar) va bitta qo'shimcha(bebi-bumer) elementdan iborat.

Bebi-Bumerlar.

Bu avlodni 1946-1964-yilda tug'ilgan insonlar tashkil etishadi. Ular asosan o'zi ustida ishlashga qiziqishadi, jamoaviy mehnat bilan shug'ullanishni xohlashadi va ularga jamoaviy o'yinlar yoqadi.

Hozirgi kunda bu avlod vakillarining asosiy qismi nafaqadalar, lekin ular orasida ish faoliyati bilan shug'ullanayotganlar ham topiladi. U avlod vakillarining asosiy o'ziga xoh tomonlaridan biri ular qiyinchiliklarga bardoshli hisoblanishadi.

X avlod

X avlod - ular 1965-1980-yillarda tavallud topgan insonlar. Ularning asosiy o'ziga xoh jihatlari - ular ko'proq o'zlariga ishonishadi, boshqacha o'ylashga qodirlar, ular dunyoda bo'layotgan o'zgarishlardan doim xabardorlar, kerakli vaqtda tanlash va o'zgarishga qodirlar. Ular asosan yolg'izlar va ular bu orqali individual maqsadlarga erishish uchun qattiq mehnat qilishga tayyorlar. Ular bir yo'nalishda o'z sohalarida professional o'sishga harakat qilishadi.

Y avlod

Y avlod - ular 1981-1994-yilda tug'ilganlar. Ularda maqsad sari intilish va muvaffaqiyat tushunchalari boshqacharoq: ko'p hollarda ularga professional faoliyatni eng quyi pog'onalardan boshlash yoqmaydi, ular ko'p hollarda bir necha yildan keyin ularni "ko'tarishlariga" umid qilishadi. Ularning asosiy e'tibori tezkorlik bilan o'sishga qaratilgan. Va bu o'z navbatida ularning kamchiliklari hisoblanadi.

Lekin bu kamchilik ularda bir vaqtni o'zida bir nechta sohada professional bo'lishga bo'lgan intilish orqali ijobiy tomonga "yuviladi". Ya'ni ularga faqat bir yo'nalishda mutaxassis bo'lishga "ruxsat yo'q". Y avlod zamonaviy biznesning umidi hisoblanadi, chunki bu avlod vakillari ish vaqtida ko'rsatilgan vaqtdan ko'proq ishlashga tayyorlar, ularda texnik savodxonlik ham yuqori hisoblanadi.

Ko'pchilik eksperlar Y avlod vakillari tez orada global ishchi kuchiga aylanishlarini ta'kidlashadi.

Z avlod

Z avlod - 1995-2005-yillarda tug'ilgan insonlar. Ularni yoshini hisobga olib, bu avlod vakillariga professionalizm tomondan baho berishga hali erta. Va ular uchun qanday qadryatlar muhim ekanligi oldindan aytish mushkul ish.

Bu ma'lumotlar nima uchun kerak?

Kadrlar izlashda. Biron bir kompaniya CHRO'si ayni vaqtda shu kompaniyaga qanday xodim kerakligiga qarab yuqoridagi avlod vakillaridan o'ziga keraklisini izlab topish uchun "ov"ga chiqishi mumkin. Chunki bu biznes talabi.

Reklama, marketing sohasida. Biron bir reklama kompaniyasi boshlashdan oldin yoki biron bir mahsulot ishlab chiqishdan oldin ushbu mahsulot/xizmatni qanday o'ziga xohligini aniqlagan holda, ularni "yurgazishni" boshlash mumkin. Bunda muayyan avlodning o'ziga xos elementlaridan unimli foydalanish mumkin.

Kelajakni taxmin qilish uchun. Har avlod vakillarini xarakter, qadryatlaridan kelib chiqib, biron bir sohada, siyosatda, iqtisodda va madaniyatda bir necha yildan so'ng qanday o'zgarishlar yuz berishi nimalar "moda" bo'lishini oldindan juda yuqori aniqlikda taxmin qilish mumkin.

Yuqoridagi avlodlardan tashqari "kamgap" avlod ham bor. Bu avlod vakillari 1923-1945-yillarda dunyoga kelishgan. Ular urushdan avval tug'ilishgan va urushning barcha qo'rqinchlarini, qiyinchiliklarini boshlaridan o'tkazishgan. Ularning oilalari urushdan aziyat chekishgan. Lekin ularni yoshini hisobga olib bu avlod vakillari jamiyatdan, iqtisodiyotdan biron bir katta o'zgarishga qodir emasliklarini anglash mumkin.


WinStyle - Texnoman foydalanuvchisi

Muallif haqida

WinStyle Java, Javascript, C++, MySql, NoSql, Oracle, Raspberry


Qiziq bo‘ladi:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!