Yangi "Pokemon GO" o'yini haqida

Google Play va App Storeda yaqindagina paydo bo'lgan Pokemon Go o'yini yuklab olishlar soni bo'yicha barcha o'yinlarni ortda qoldirmoqda. Ushbu o'yin hozircha AQSH, Avstraliya, Yangi Zelandiya va boshqa bir nechta davlatlar uchungina mo'ljallangan. Ushbu maqolada biz Pokemon Go o'yini, uni qanday o'ynash va o'rnatish haqida ma'lumot berib o'tamiz.

Pokémon GO — bu Nintendo, Pokémon Company va Niantic kompaniyalarining Android va iOS qurilmalari uchun tuzgan ko'p foydalanuvchili mobil o'yini bo'lib, unda voqealar reallikka asoslangan.

O'yin davomida har bir foydalanuvchi o'zining ajoyib va kulguli pokemonlariga ega bo'ladi. Eng asosiysi esa ushbu o'yin uydagi kompyuter qarshisida emas, balki ko'chalarni kezgan holda o'ynalishi o'yinga qiziqishni yanada oshiradi.

Bundan tashqari o'yinda maxsus topilmalar mavjud bo'lib ular asosan shaharning eng qiziqarli joylarida namoyon bo'ladi. Izlab topilgan topilmalar esa ko'pgina bonuslarni qo'lga kiritishingizga yordam bera.


Qiziqarlisi o'yin jarayonida hech qanday cheklovlar mavjud emas. Pokemon GO o'yinida foydalanuvchilar bir-birlari bilan musobaqa qilishlari ham mumkin. Hozircha o'yin MDH davlatlari uchun mavjud emas.

iOS foydalanuvchilari ushbu o'yinni o'ynash uchun o'z akkauntlarida davlatni AQSH, Avstraliya yoki Yangi Zelandiya almashtirish tavsiya etiladi. Buning uchun quyidagi amallar bajariladi.

  1. Smartfoningizdagi Apple ID yoki kompyuteringizdagi iTunes akkauntingizdan chiqasiz.
  2. Yuqoridagi davlatlar uchun mo'ljallangan do'konga o'tish uchun "horijiy" Apple ID ga kirasiz.
  3. App Store dan Pokémon GO o'yinini izlab toping.
  4. Dasturni yuklab olib, uni o'rnating. Shundan so'ng Apple ID ni o'zingiznikiga o'zgartirib qo'ying.

Diqqat qiling: qachonki o'yin sizning hududingiz uchun rasmiy ravishda paydo bo'lganida Pokémon GO ni o'chirib yuborib, uni o'zingizning akkauntingiz orqali yuklab olishingiz kerak, yo'qsa o'yindagi barcha jarayonlar o'chib ketadi.

Android foydalanuvchilari uchun Pokémon GO o'yinini o'rnatish bir qancha osonroq. Buning uchun kerakli APK faylni ko'chirib olib, uni o'rnatishingiz kifoya qiladi. APK faylni bu yerdan ko'chirib olishingiz mumkin.

O'rnatish vaqtida o'yin so'raydigan huquqlarga e'tibor qaratishingizni so'raymiz. Ular huddi yuqoridagi skrinshotda ko'rsatilganidek bo'lsin.

Siz Pokémon GO ni o'ynab ko'rdingizmi? Fikrlaringiz yozib qoldiring!


pLaTiNuM

Muallif haqida

pLaTiNuM Android/Web-developer


Qiziq bo‘ladi:


Fikrlar 7

WebStyle
WebStyle
iOSda davlati AQSH ko'rsatilgan Apple IDga kirish kerakmi?
pLaTiNuM
pLaTiNuM
xuddi shunday
WebStyle
WebStyle
ha hamma joyni pokemonlar bosib ketti)
Abdurauf
Abdurauf
bluestackesdayam o'ynasa bo'ladimi
Abdurauf
Abdurauf
baribir gba digi pokemon o'yinlari zo'r
WinStyle
WinStyle
GPS bo'lsa o'ynasa bo'ladi.
PlatiNum114
PlatiNum114
Саудия Арабистони Уламолар кенгаши Pokemon ўйинини ислом динига зид деб топиб, унинг гуноҳлиги тўғрисида фатво берди. Бу ҳақида Reuters агентлиги маълум қилди. Манбага кўра, Уламолар кенгаши 2001 йилда чиққан Pokemon карта ўйинига доир фармонни янгилади. Кенгаш қарорига кўра, покемонлар ҳақидаги ўйинлар ислом динига зид белгиларни ўзида мужассам этган, кўп худолик ва қимор ўйинлари шулар жумласидандир. Бундан ташқари, ўйинда махсус кучга эга мавжудотларнинг мутациясига дуч келиш мумкин, бу эса исломда гуноҳ ҳисобланувчи эволюция назариясига ишора қилади. Экспертларнинг огоҳлантиришича, мазкур ўйин реал ҳаётда жабрланишга ёки ўғирликка олиб келиши мумкин. Россия банклари ҳаттоки ўйин пайтидаги жароҳатлардан суғурталанишни таклиф қилишди. http://kun.uz/news/2016/07/20/saudia-arabistoni-ulamolar-kengasi-pokemon-ujinini-islom-diniga-zid-deb-topdi
Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!