Al-Xorazmiy algoritmlash tanlovi(yangilandi)

(Rasm Busy.org)

Assalom alaykum.

Texnoman.uz noyabr oyi #4 tanlovi va Texnoman.uz saytining 4 yoshga to'lishi, hamda, algoritmlashni rivojlantirish maqsadida sayt ma'muriyati buyuk matematik, astronom, geograf, dunyoga faniga algebra fanini kiritgan Muhammad ibn Muso al Xorazmiy nomidagi "Al-Xorazmiy algoritmlash" tanlovini e'lon qiladi.

Tanlov shartlari quyidagicha:

  1. Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar Texnoman.uz saytida "Algoritmlash" blogida "Yangi" turdagi maqola joylashtirishlari kerak;
  2. Ushbu maqolada biron bir algoritm, biron bir dasturlash tilida izohlari bilan ko'rsatib berilishi zarur;
  3. Maqolada #texnomantanlov va #al-xorazmiy teglari qatnashgan bo'lishi kerak;
  4. Tanlovga maqolalar 30-noyabrgacha qabul qilinadi;
  5. Tanlov g'olibi aniqlash uchun 1-dekabrdan 8-dekabrgacha ovoz berish jarayoni tashkil etiladi;
  6. Agar 1-dekabr holatiga ko'ra tanlovga qatnashish uchun 5 tadan kam maqola kelib tushsa, ovoz berish jarayoni bo'lmaydi va tanlov bekor qilinadi.

Al-Xorazmiy algoritmlash tanlovi g'olibiga 100.000 so'm pul mukofoti taqdim etiladi. Pul mukofoti sovrindorga qulay bo'lgan usulda yetkaziladi.

7-noyabr 2018-yil. Tanlov shartlari o'zgartirildi:

Ushbu tanlov yuzasidan bir qancha takliflar tushdi. Bir nechta yaxshi insonlar, ushbu tanlovimizga homiy bo'lish taklifini bildirishdi. Shu sababli, tanlov qoidalari o'zgartirildi:

1. Tanlov shartlari orasidan 6-shart olib tashlandi. Endilikda, tanlovda nechta ishtirokchi qatnashishidan qat'iy nazar, g'oliblarni aniqlash jarayoni tashkil etiladi va g'oliblar aniqlanadi.

2. Homiylar yordami bilan, tanlov g'oliblariga quyidagi pul mukofotlari beriladi:

1-o'rin 200.000 so'm;

2-o'rin 150.000 so'm;

3-o'rin 100.000 so'm.

Kutilmagan sabab va vaziyatlar bo'lganda, tanlov tashkilotchilari(sayt ma'muriyati) tanlovni bekor qilish yoki tanlov qoidalarini o'zgartirish huquqini o'zida saqlab qoladi!


texnoman

Muallif haqida

Texnoman Jamoasi Internetni rivojlantiramiz!


Blogdagi so‘nggi maqolalar:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!