yangi

Texnoman.uz noyabr oyi #4 tanlovi - Texnoman 4 yoshda

Texnoman.uz noyabr oyi #4 tanlovi - Texnoman 4 yoshda

Assalom alaykum, hurmatli Texnoman.uz foydalanuvchilar!

Bundan 4 yil avval, 2014-yil dekabr oyida Texnoman.uz saytiga birinchi maqola joylangan edi. Shu munosabat bilan, sayt ma'muriyati umumiy jamg'armasi 500.000 so'mdan ortiq bo'lgan navbatdagi Texnoman.uz noyabr oyi #4 tanlovini e'lon qiladi va shu tanlov doirasida Muhammad ibn al-Xorazmiy nomidagi maxsus yangi "Al-Xorazmiy algoritmlash" tanlovini ham e'lon qiladi!

Demak, bayram tanlovimiz quyidagi yo'nalishlar bo'yicha bo'lib o'tadi:

1-tanlov - Eng yaxshi maqola:

  1. Bu yo'nalish bo'yicha tanlovda qatnashish uchun, Texnoman.uz saytida maqola turi "Yangi" bo'lgan maqola joylanishi kerak;
  2. Maqolada #texnomantanlov va #texnomannoyabrtanlov teglari bo'lishi kerak;
  3. Maqolalar 4-noyabrdan 30-noyabr(soat 23:59) gacha saytga joylanishi kerak;
  4. G'oliblarini aniqlash uchun 1-dekabrdan 8-dekabrgacha ovoz berish jarayoni tashkil etiladi;
  5. Agar tanlovda 5 tadan kam ishtirokchi qatnashsa, ovoz berish jarayoni bo'lmaydi va tanlovning ushbu yo'nalishi bekor qilinadi.

Tanlov go'liblari

1-o'rin uchun 100.000 so'm;

2-o'rin uchun 75.000 so'm;

3-o'rin uchun 50.000 so'm pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar.

2-tanlov - Al-Xorazmiy algoritmlash tanlovi. Algoritmlash bo'yicha tanlov haqida bu yerda tanishishingiz mumkin.

3-tanlov - Dizaynerlar uchun maxsus tanlov: O'zbek so'mi uchun grafik belgi chizish tanlovi bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

4-tanlov - Githubchi. Agar Sizda github sahifangiz(akkaunt) bo'lsa, ushbu tanlovda qatnashishingiz mumkin. Shart juda oddiy:

  1. Mana bu maqola ostiga izoh qilib github sahifangizga havo qoldirasiz;
  2. Texnoman.uz saytining github sahifasiga obuna(follow) bo'lasiz;
  3. Tanlov g'olibi random.org sayti orqali aniqlanadi. Mukofot 50.000 so'm.

Kutilmagan sabab va vaziyatlar bo'lganda, tanlov tashkilotchilari(sayt ma'muriyati) tanlovni bekor qilish yoki tanlov qoidalarini o'zgartirish huquqini o'zida saqlab qoladi!


Texnoman Jamoasi - Texnoman foydalanuvchisi

Muallif haqida

Texnoman Jamoasi Internetni rivojlantiramiz!


Qiziq bo‘ladi:


Fikrlar 3

Khan
Khan
Bugungi kunda O'zbekistonda web sohasini rivojlantirish va android dasturlash tillariga etibor qaratish kerak.
Asqarbek
Asqarbek
Salom hammaga ! mening fikrim Vaqtdan unumli foydalanish kerak deb o'ylayman !
Abdullajonuz
Abdullajonuz
7
Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!