Arduino nima ?

Arduino - bu unchalik katta bo'lmagan plata bo'lib o'zining protsessori (mikrokontrolleri) va xotirasiga ega bo'lgan qurilma hisoblanadi.

Arduino ning ko'plab turlari mavjud bo'lib bularga misol qilib: Arduino Yun, Arduino Uno, Arduino Duemilanove, Arduino Diecimila, Arduino Nano, Arduino Mega, Mega 2560, Mega ADK, Arduino Leonardo, Arduino Micro va h.k larni olishimiz mumkin. Arduino robototexnika va elektronikiga qiziquvchi va izlanuvchi yoshlarga juda qo'l keladi chunki bu qurilmada kichik va katta bo'lgan dastur, algoritmlar yaratgan holda xar hil qurilmalar, robotlar va boshqa qiziq amaliyotlarni bajarsa bo'ladi. Boshqacha qilib aytganda, Arduino dasturiy va texnik qismlarni birlashtirib beruvchi qurilmadir. Yuqorida keltirib o'tganimizdek Arduino ning juda ko'p turlari mavjud bo'lib, Arduinoni o'rganishni boshlovchilar asosan Arduinoning Uno yoki Nano turidan foydalanishni boshlashadi. Arduinoning Uno va Nano turini yaxshilab o'rganib bo'lgan yoshlar endi Arduinoning bu turiga qoniqmay Arduinoning Mega yoki Mega 2560 turini sotib olishga oshiqishadi. Chunki, endi Arduino Uno, Nano turining xarakteristikasi (texnik ko'rsatkichlari) bizning robototexnik uchun pastlik qiladi! Ayrim robototexniklar esa Arduino Uno bilan tanishib chiqib uni imkoniyatlaridan foydalanib bo'lgandan so'ng, Arduinoning Mega turini sotib olib o'tirmay o'zlari yasab tayyorlab ko'rishga harakat qilishadi. To'g'rida chunki endi ular dasturchi,robototexnik bemalol mikrokontrollerga dastur yozib uni mikrokontrollerga yuklay oladi. Arduino Uno ning boshqa turlaridan farqi protsessori,mikrokontrolleri,raqamli va analog chiqishlarning ko'p yoki kamligi bilan farqlanadi. Arduinodan foydalanayotgan kishi unga har xil elektr komponentalar va modullarni ulash imkoniyatiga ega bo'ladi,masalan:led chiroqlar,datchiklar,rele modullari tarmoq (Wi-fi,Bluetooth,Ethernet) modullari, sensorlar, motorlar, magnit eshik qulflari va elektr energiyasi bilan ishlaydigan barcha narsalar. Yuqorida aytilgandek Arduino texnik va dasturiy qismni birlashtirib beruvchi qurilma.Demak dastur tuzish kerak ! Qanday dastur tuzamiz? Qaysi dasturlash tili orqali? Arduino uchun dasturlar odatiy C ++ da yoziladi, kontaktlarda I / O (Input-kirish,Output-chiqish) ni boshqarish uchun oddiy va tushunarli algoritmlar va dasturlar tuziladi. Agar siz allaqachon C ++ ni bilsangiz - Arduino va dunyo eshiklari siz uchun ochiq. Agar siz dasturlash uchun yangi bo'lsangiz bu muammo emas osonlikcha o'rganishingiz mumkin, bu oson.Bundan tashqari Arduino ni o'rganish va dasturlar yozish uchun Windows, Mac OS va Linux operatsion tizimlarida ishlovchi Arduino IDE (Arduino dasturi,kompilyatori) mavjud va siz undan mutlaqo bepul foydalanishingiz mumkin. Arduino IDE dasturida algoritmlar va dasturlar yaratish juda oson va ishlash qulay. Arduino IDE da tayyor amaliyotlar (loyihalar) ham mavjud siz o'rganishingiz uchun. Arduino ning Uno turi texnik ko'rsatkichlari:

Mikrokontroller: ATmega328;

Ishlash kuchlanishi: 5 V;

Kirish kuchlanishi(tavsiya etilgani): 7-12 V;

Kirish kuchlanishi(eng yuqori): 6-20 V;

Raqamli kirish/chiqish: 14 ta(ulardan 6tasi KIM(Широтно-Импульсная модуляция)

sifatida foydalanish mumkin);

Analog kirish: 6 ta;

Kirish/chiqish orqali o'zgarmas tok: 40 mA;

3.3 V kiritish uchun o'zgarmas tok: 50 mA;

Flesh xotira: 32 KB(ATmega328) undan 0.5 KB yuklovchi sifatida foydalaniladi;

Tezkor xotira: 2 KB(ATmega328);

EEPROM: 1 KB(ATmega328);

Chastota: 16 MGs;

Xullas, Arduino bu dasturchilar va robototexniklar o'yinchog'i emas dasyori, yordamchisi!


Murodakhmedov99

Muallif haqida

Murod Akhmedov Zokir o'g'li ???? Radiotehnika va elektronikaga oid videodarslar ???? Tehnikaga oid bo'lgan rasmlar ???? Sxemalar va chizmalar⚙️ ????Yosh tehniklar uchun sodda robotlar yasash darslari ???? ???? Telefon Tuzatish Darslari https://t.me/TechClubUzb


Blogdagi so‘nggi maqolalar:


Fikrlar 6

Murodakhmedov99
Murodakhmedov99
Assalomu alaykum xurmatli kanal a'zolari,do'stlar yuqoridagi maqola o'zimga tegishli bo'lib bu maqolani yozishimdan maqsad blogerlik tanlovida ishtirok etish edi.Vaqtingiz va imkoniyatingiz bo'lsa quyidagi manzilga kirib maqolamni baholashingizni iltimos qilib qolgan bo'lar edim.Zero siz aziz do'stlarning baholashi meni qo'llab quvvatlaydi! Manzil: http://blog.xabar.uz/post/arduino-nima
Alpomish95
Alpomish95
assalomu alaykum do'stlar. Men TATUning 3-kurs ta'labasi Binoqulov Alpomish bo'laman, Arduino bo'yicha yozgan maqolangiz yaxshi chiqibdi. Arduinoga dasturr o'rnatish bo'yicha bir savoli bor edi. millis() funksiyasining asosiy vazifasi nimadan iborat. iloji bo'lsa sodda bir kod orqali ifodalab javob bersangiz xursand bo'lardim. xabarni alpomish95@umail.uz/ pochtamga tashlasangiz, Xurmat bilan Alpomish
Murodakhmedov99
Murodakhmedov99
millis() funksiyasi asosan tayming (vaqtni boshqarish) yoki taymer sifatida da ishlatiladigan funksiya unsigned long time; void setup(){ Serial.begin(9600); } void loop(){ Serial.print("Time: "); time = millis(); //выводит количество миллисекунд с момента начала выполнения программы Serial.println(time); // ждет секунду, перед следующей итерацией цикла. delay(1000); }
Alpomish95
Alpomish95
Katta rahmat sizga. Tushinarli qilib javob yuborganiz uchun
Murodakhmedov99
Murodakhmedov99
salomat bo'ling !
Murodakhmedov99
Murodakhmedov99
millis() Возвращает количество миллисекунд с момента начала выполнения текущей программы на плате Arduino. Это количество сбрасывается на ноль, в следствие переполнения значения, приблизительно через 50 дней.
Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!