Uy sharoitida professional darajadagi montaj platasi tayyorlaymiz !

Menimcha uy sharoitida montaj platasini yasash har bir texnikaga qiziquvchi yoshu-kattaning qiziqishini uyg'otuvchi mavzu bo'la oladi deb o'ylayman. Shu fikrdan kelib chiqqan holda bugun biz sizlar bilan montaj platasini yaratish texnologiyasi va uni yasashni ko'rib chiqamiz. Demak, bir qurilmani yasashdan oldin uning sxemasi olinib, sxema asosida kerakli ehtiyot qismlar tayyorlab olinadi va hamma narsalar tayyor bo'lgandan so'ng bo'lajak qurilma uchun montaj platasi tayyorlanishi kerak bo'ladi. Montaj platasi haqida ikki og'iz tushuncha bersam. Montaj platasi bu – biror bir elektr qurilmasi yoki maishiy texnika, masalan, mobil telefon, televizor kabilarning elekron komponenta (tranzistor, diod, mikrosxema, protsessor va h.k ) larini sxema asosida birlashtirib beruvchi asos hisoblanadi.


Zamon shiddat bilan rivojlanayotgani sari montaj platasini tayyorlash texnologiyasining ham ko'plab turlari yaratilib keng foydalanib kelinmoqda. Bugun esa biz uy sharoitida oson yo'l bilan montaj platasi tayyorlaymiz, qani boshladik. Bizga kerak bo'ladigan narsalar:

1.Montaj platasi uchun yuzasi med ( mis ) bilan qoplangan bir tomonli tekstolit.
2.Glyansoviy ( rasm chiqariladigan ) qog'oz. Bo'lajak plataning rasmi tushurilgan.
3.Qumqog'oz ( shkurka ). Montaj plata yuzasini tozalash uchun.
4.Dazmol (albatta hammaning uyida bo'lsa kerak).
5.Printer ( faqat lazerli bo'lishi shart ) o'zingizda bo'lmasa ham birovdan chiqarib olishingiz mumkin.

1-ish. Bir tomoniga mis qoplangan tekstolitni qumqog'oz bilan yaxshilab tozalaymiz .Yaxshilab tozalab bo'lganimizdan so'ng,mis yuzani spirt yoki atseton bilan artib tashlaymiz.

2-ish.Yasamoqchi bo'lgan qurilma sxemasini chizib olamiz. Men Sprint layout 6 dasturidan foydalanaman.


3-ish.Qurilma sxemasini chizib olganimizdan so'ng, rasmni lazerli printerda glyansoviy ( rasm chiqariladigan ) qog'ozga chiqaramiz.


4-ish.Tozalangan mis yuzali tekstolit yuzasiga chiqargan rasmimizni qo'yib ustidan 3-4 qavat gazeta yoki oddiy qog'oz qo'yib dazmol bosamiz.O'rta haroratda 5-10 sekund ushlab turamiz 4-5 marta. Qog'ozni yopishtirganimizdan so'ng ozgina sovushini kutamiz 5 daqiqa va qog'ozni asta sekinlik bilan ko'chiramiz.Shunda qog'ozga chiqarilgan sxema yuzaga yopishadi.




Bajargan ishlarimiz 1-bosqich edi, endi 2- bosqichga o'tamiz. Biz hozir mis qoplangan yuzaga bo'lajak qurilma sxemasini tushirdik. Endi tushirgan rasmimizdan boshqa mis qoplangan joylarni yo'q qilish ya'ni eritib yuborishimiz kerak ( travleniya plata). 2-bosqichda bizga kerak bo'ladigan narsalar:

1. Limon kislotasi 30 gr ( quruq ko'rinishi shakarga o'xshash bo'ladi, to'rt pishiradigan opalarimiz juda yahshi biladi narxi ham qimmat emas )

2. Perekis vodorod 100 ml ( har bir aptekadan topsa bo'ladi narxi 800-1500 so'm atrofida )

3. NaCl 5 gr ( oddiy iste'mol tuzi,ovqatga soladigan )

100 ml perekis vodorodga limon kislotasi ( 30 gr ) va tuzni ( 5 gr ) solib 2 daqiqa aralashtiramiz va tayyor bo'lgan suyuqlikga rasm ( sxema ) tushirilgan tekstolit platani solib 40- 90 minutgacha kutamiz. Reaksiya vaqtida e'tibor bering agar misni 40-60 daqiqa ichida eritib bo'lsa platani vaqtidan oldin ham olishingiz mumkin. Tayyor bo'lgan plataning ko'rinishi:


Platamiz tayyor bo'lgandan so'ng uni spirt yoki atseton bilan yaxshilab tozalaymiz va montaj plata tayyor deb hisoblayvering. Bugun do'stlar biz siz bilan л.у.т.( лазерно утюжная технология ) asosida montaj platasi tayyorlashni o'rgandik. E'tiboringiz uchun rahmat !



Murodakhmedov99

Muallif haqida

Murod Akhmedov Zokir o'g'li ???? Radiotehnika va elektronikaga oid videodarslar ???? Tehnikaga oid bo'lgan rasmlar ???? Sxemalar va chizmalar⚙️ ????Yosh tehniklar uchun sodda robotlar yasash darslari ???? ???? Telefon Tuzatish Darslari https://t.me/TechClubUzb


Blogdagi so‘nggi maqolalar:


Fikrlar 2

Online24
Online24
Yaxshi yozibsiz rahmat
Murodakhmedov99
Murodakhmedov99
Agar maqolani foydasi teygan bo'lsa xursandman!
Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!