manba

Blade serverlar va blade tizimlar

Blade serverlar va blade tizimlar

Bugungi kunga kelib, axborot hajmining keskin ortib borishi va talab qilinayotgan vazifalar turining ko'pligi hisoblash texnikasiga bo'lgan talabning ham ortishiga olib keldi. Hisoblash texnikasi hayotimizning turli sohalarida(ilmiy masalalar, matematik modellash, ma'lumotlar bazasi, Internet server, xosting, server prilojeniye va boshqalar) keng qo'llanilmoqda. Bular albatta – serverlardir.

Serverlarning turi kundan kunga ko'payib bormoqda va unga mo'ljallangan ehtiyot qismlarning ham soni oshib bormoqda. Agar sizning kompaniyangiz uzoq yillar davomida uzilishsiz ishlashini istasangiz o'z navbatida serverlarning eng yaxshisini va zamonaviysini tanlaganingiz ma'qul. Bu albatta katta mablag' talab qiladi.(pulingiz yetadimi?).

Blade – lezviya degani. Bu XXI asrning serverlaridir. Bladening birinchi nusxasi 2001yilda ishlab chiqarilgan. Ushbu serverlar HP, IBM, Fujitsu va boshqa kompaniyalar tomonidan ishlab chiqariladi. Agar sizda HP firmasining shassisi bo'lsa siz IBM firmasining blade-serveridan foydalana olmaysiz.

Bladelar ko'p protsessorli serverlarni o'rniga yuqori ishlab chiqaruvuchanligi mavjud yagona protsessorlardan foydalanadi. 2 yadroli 4 yadroli 8 yadroli va hokazo. Bu esa serverda boshqarishni soddalashtiradi. Bladelar klaster serverlarga qaraganda kam joy elallaydi, energiyani iqtisod qiladi va ancha arzon tushadi.

Blade sever blade tizim tarkibiga kiradi. O'z navbatida bleyd tizim quyidagilardan tarkib topgan:

  • Blade – server – bu blok pitaniyasiz, passiv radiatorli va PCI razyomsiz oddiy server, "keraksiz komponentlar" chiqarib tashlangan.
  • Korpus va passiv Backplane(o'rnatilgan qurilma kommutatsiyasi uchun xizmat qiladi).
  • Elektr manba va sovutish tizimi(ventilyator, blok pitaniya)
  • Tashqi kommutatsiya qurilmalari(Ethernet, FC va boshqalar).

Blade-server HP Proliant BL495c G5

Blade serverni yuqoridagi vetikal ko'rinishdagi HPProliantBL495cG5 misolida ko'rsak bo'ladi. Ushbu server virtual serverlar infratuzilmasi uchun keng qo'llaniladi. 4 yadroli 2.7 GGs chastotaga ega markaziy protsessor bilan ta'minlangan. Operativ xotira 4 Gb ni tashkil qiladi. Kesh – xotira 2 – darajada 512 Mb, 3-darajada 6 Mbni tashkil etadi.

Blade-shassi NR BladeSystem s7000 Enclosure

Blade – shassi 16 ta 2 protsessorli yoki 8 ta 4 protsessorli Bleyd-serverni o'ziga sig'dira oladi. Shassida barcha komponentlar mavjud. Yuqoridagi rasmda NR BladeSystem s7000 Enclosure bleyd-shassisi keltirilgan. Ushbu tizim 8 ta kommutatsion moduldan tashkil topgan. Blade tizimni boshqarish paneli Onboard Administrator barcha komponentlar holati xaqida to'liq ma'lumot berib boradi.

Blade-serverlardan biri ishdan chiqib qolsa uni almashtirish tizim administratoriga hech qanday noqulayliklar keltirmaydi. Yangi blade-serverga OT ni lokal tarmoqdan, admin o'zining mashinasidan o'rnata oladi. Ushbu shassida barcha komponentlar dublikatsiyaga egaligi uning ishchi holatini yillar davomida saqlab qolishiga kafolat beradi.

Blade-serverlarning afzalliklarini quyidagicha keltirish mumkin.

  • Elektr manba ta'minoti va sovutish tizimi ishonchliligining yuqoriligi va arzonligi;
  • kommutatsiya kabellarining soni kamligi;
  • tizimni boshqarishning qulayligi;
  • egallab turadigan joy hajmining kichikligi;
  • energiya iste'moli va issiqliq ajralishining kamligi;
  • qo'llanish masshtabining erkin kengaytirilishi.

Blade server va bleyd tizim haqida qisqacha ma'lumotlar shulardan iborat edi. Keyingi maqolalarimizda komponentlarga to'liqroq to'xtalib o'tamiz hozircha xayr))).

Manba:


JONNY - Texnoman foydalanuvchisi

Muallif haqida

JONNY Arduino, Java, C#, Android, Windows, Linux, Debian, Javascript. O'zbekistonni rivojlantiramiz! Dasturlash orqali vatanimizni yangi marralarga olib chiqamiz.


Blogdagi so‘nggi maqolalar:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!