Odamlarni o‘z startapingizda ishlashga qanday ko‘ndirish mumkin?

Startapni endigina ishga tushirganingizda jamoangizga ajoyib a'zolarni yig'ish — eng qiyini. Ularni hamma narsani tashlab, kompaniyangizga ishga kirishga qanday ko'ndirish mumkin?

Agar saralangan nomzodlarga quyida sanab o'tilgan afzalliklarni taqdim etishga tayyorligingizni ko'rsata bilsangiz, jamoa yig'ish imkoniyatingiz oshadi.

Ular ishona oladigan g'oyani taklif qiling

Odamlar biznesingiz qay tarzda va nima uchun dunyoni biroz bo'lsa-da, yaxshiroq qila olishini tushunishi — muhim. Nomzoddan u nima uchun sizning startapingizda ishlashga qiziqayotgani haqida so'rang. Kompaniyangiz missiyasi altruistik maqsadlarga aloqador bo'lmasa-da, odamlarni mahsulot yoki xizmat yaratishga ilhomlantirish uchun vaqt ajrating.

Kompaniyaga sezilarli foydani keltirish imkoniyati

Yirik kompaniyada ishlab, barqarorlik, yaxshi maosh va imtiyozlarga ega bo'lish mumkin. Shu bilan birga, karyera zinasidan ko'tarilish, oxiri yo'q planyorkalarga borish va tor mutaxassislik bo'yicha majburiyatlarni bajarishga to'g'ri keladi.

Startapda esa jamoaning har biri a'zosiga turli topshiriqlar beriladi va ular biznesning har xil tomonlari ustida ishlaydi. Ko'plar shunday turdagi majburiyatlar va ishdagi xilma-xillik haqida orzu qiladi.

Sizning mo'jizaviy jamoangiz

Odamlar ofisda deyarli butun kunni o'tkazadi. Shu tufayli potensial xodimlarga ular aqlli va qiziqarli odamlar bilan ishlashini bildirish muhimdir. Albatta, ajoyib jamoa har qanday turdagi kompaniyada topilishi mumkin, biroq suhbat chog'ida yaxshi taassurot qoldira olish startapda osonroq.

Ko'p pul ishlab topish imkoniyati

Startapda xodimlarda har doim ham katta maosh taklif qilinmaydi, biroq kompaniyaning ulushi taklif qilinishi mumkin (muayyan hajmdagi daromadlarga erishilganidan so'ng). Shuning uchun taklif bildirayotganingizda xodim uchun maosh va opsion mutanosibligini ko'rib chiqing. Nomzodlar istiqbolsiz taklif va mehnatning raqobatli sharoitlari o'rtasidagi farqni ajrata oladi.

Potensial xodimlarni jamoa bilan tanishish uchun ofisga olib kelganingizda, har ikkingiz ham tanlovni amalga oshirayotganingizni yodda tuting. Biringiz — xodim yollash uchun, boshqangiz — loyihaning bir qismiga aylanish uchun. Odamni nima rag'batlantirishini bilib oling, missiyangiz va qarashlaringizni aniq-ravshan yetkazing. Agar siz barchasini to'g'ri bajarsangiz, kerakli odamlar mamnuniyat bilan kompaniyangizga ishlashga keladi.

Maqolani tayyorlashda quyidagi manbadan foydalanildi: Rusbase.com

Loyiha "Daryo" va StartupFactory.uz tomonidan ishga tushirilgan.

Manba:


JONNY

Muallif haqida

JONNY Arduino, Java, C#, Android, Windows, Linux, Debian, Javascript.


Blogdagi so‘nggi maqolalar:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!