manba

Open Data Challenge Hakaton tanloviga hujjatlar qabul qilish boshlandi

Open Data Challenge Hakaton tanloviga hujjatlar qabul qilish boshlandi

Ochiq ma'lumotlardan foydalangan holda ilovalar ishlab chiqish bo'yicha "Open Data Challenge" tanlovi tashkilotchilari 2017 yilning 10 noyabridan boshlab ishtirokchilardan arizalar qabul qilishni boshladi.

"Open Data Challenge" – bu davlat idoralari taqdim qilgan ochiq ma'lumotlarga asoslangan holda dasturlar ishlab chiqish bo'yicha tanlov bo'lib, O'zbekiston uchun nisbatan yangi bo'lgan ochiq ma'lumotlar g'oyasini targ'ib etishga xizmat qiladi.

Hakatonning asosiy vazifasi Ochiq ma'lumotlar portali (data.gov.uz) va O'zbekiston davlat organlari veb-saytlarida joylashtirilgan hamda xususiy sektor tomonidan taqdim etilgan ochiq ma'lumotlardan o'zaro ijtimoiy va innovatsion ilovalar hamda xizmatlar yaratishdir.

Mazkur tanlov O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Toshkent shahridagi Inha universiteti, O'zbekistondagi BMTTD vakolatxonasi, Buyuk Britaniyaning O'zbekistondagi elchixonasi, O'zbekiston yoshlar ittifoqi, "Elektron Hukumat" tizimini rivojlantirish markazi va "UZINFOCOM" markazlari tomonidan tashkil etilmoqda.

"Open Data Challenge" Hakatonida ishtirok etishni istaganlar 2017 yilning 24 noyabr kuniga qadar https://data.gov.uz/uz/hackathon/register saytida ro'yhatdan o'tishlari lozim.

Tanlovning asosiy tadbirlari 2017 yilning 30 noyabrdan 3 dekabriga qadar Toshkent shahridagi Inha universiteti binosida bo'lib o'tadi. 2017 yilning 30 noyabr va 1 dekabr kunlari Hakaton ishtirokchilari taklif etilgan mutaxassislar o'tkazadigan turli trening va master klasslarda ishtirok etadilar.

2-3-dekabr kunlari trening va master klasslarda olgan bilimlari va takliflar, hamda ochiq ma'lumotlar asosida o'z loyihalarini yaratadilar. Tanlov hay'at a'zolari loyihalarni o'rganib chiqadi va uch nominatsiya asosida g'oliblarni aniqlaydi:

• Ochiq ma'lumotlarda asoslangan eng yaxshi ijtimoiy loyiha (mobil yoki veb ilova, xizmat, messenjerlar yoki ijtimoiy tarmoqlar uchun botlar, ma'lumot yig'uvchi, qayta ishlovchi va taqdim etuvchi uskunalar);
• Ochiq ma'lumotlarda asoslangan eng yaxshi biznes loyiha (mobil yoki veb ilova, xizmat, messenjerlar yoki ijtimoiy tarmoqlar uchun botlar, ma'lumot yig'uvchi, qayta ishlovchi va taqdim etuvchi uskunalar);
• Hakatonning eng innovatsion loyihasi.

Birinchi ikki nominatsiyada g'oliblar yakka va jamoaviy tarkibda aniqlanadi. Hakatonning eng innovatsion loyihasini g'olibi Hakatonga taqdim etilgan yechimlar orasidan tanlab olinadi.

Tanlov g'oliblarini taqdirlash marosimi 2017 yilning 16 dekabr kuni bo'lib o'tadi.

Bizning kanallar:
Facebook - http://fb.me/OpenDataChallenge
Telegram - https://t.me/OpenDataChallenge

Manba:


JONNY - Texnoman foydalanuvchisi

Muallif haqida

JONNY Arduino, Java, C#, Android, Windows, Linux, Debian, Javascript. O'zbekistonni rivojlantiramiz! Dasturlash orqali vatanimizni yangi marralarga olib chiqamiz.


Blogdagi so‘nggi maqolalar:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!