Open Data Challenge Hakaton tanloviga hujjatlar qabul qilish boshlandi
17/11/13 18:14
Ochiq ma'lumotlardan foydalangan holda ilovalar ishlab chiqish bo'yicha "Open Data Challenge" tanlovi tashkilotchilari 2017 yilning 10 noyabridan boshlab ishtirokchilardan arizalar qabul qilishni boshladi."Open Data Challenge" – bu davlat idoralari taqdim qilgan ochiq ma'lumotlarga asoslangan holda dasturlar ishlab chiqish bo'yicha tanlov bo'lib, O'zbekiston uchun nisbatan yangi bo'lgan ochiq ma'lumotlar g'oyasini targ'ib etishga xizmat qiladi.