O'zbek so'mi uchun grafik belgi tanlovi

Assalom alaykum.

Texnoman.uz noyabr oyi #4 tanlovi va Texnoman.uz saytining 4 yoshga to'lishi munosabati bilan sayt ma'muriyati dizaynerlar uchun maxsus tanlov e'lon qiladi.

Bir necha oy avval o'zbek so'mi uchun grafik belgi paydo bo'lishi mumkinligi haqida yangilik e'lon qilingan edi. O'zbek so'mi uchun grafik belgi yangi tahrirdagi "O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki to'g'risida"gi qonuni asosida tasdiqlanadi.

Texnoman.uz sayti ma'muriyati o'zbek so'mi uchun grafik belgini erkin professional dizaynerlar va mutaxassis qanday tasavvur qilishlarini, hamda saytimiz foydalanuvchilari tanlov doirasida taklif etilgan grafik belgilarga bo'lgan munosabatlarini aniqlash hamda, o'zbek so'mi grafik belgisi uchun muqobil belgi taklif etish maqsadida tanlov e'lon qiladi.

Tanlov shartlari quyidagicha:

  1. Tanlovda ishtirok etish ixtiyoriy bo'lib, tanlovda jamoa yoki yakka holda ishtirok etish mumkin va bunda 1 ta ishtirokchi(yoki jamoa) faqat 1 dona belgi bilan qatnashishi mumkin;
  2. O'zbek so'mi uchun grafik belgi boshqa davlatlar valyuta belgilaridan farqli bo'lishi, ularni takrorlamasligi shart;
  3. O'zbek so'mi uchun grafik belgi shaffof(transparent background) fon va qora yozuvda chizilishi shart;
  4. O'zbek so'mi uchun grafik belgi balandligi va kengligi 500px dan kam bo'lmasligi shart;
  5. Grafik belgilarning original fayllari(*.psd, *.psb, *.ai, *.CDR) tanlov@texnoman.uz manziliga yuborilishi kerak va bunda 24 soat davomida tanlovda qatnashishni tasdiqlovchi xabar keladi(agar xabar kelmasa, iltimos, biz bilan bu yerda bog'laning);
  6. Tanlov 4-noyabrdan 30-noyabr(23:59)gacha davom etadi;
  7. Tanlov g'olibini ovoz berish jarayoni asosida aniqlanadi va tanlovda 5 tadan ortiq ishtirokchi qatnashganda ovoz berish jarayoni boshlanadi, agar tanlovdan 5 tadan kam ishtirokchi qatnashsa, ovoz berish jarayoni bo'lmaydi va tanlov bekor qilinadi;
  8. Ovoz berish jarayoni 8-dekabr soat 23:59 gacha davom etadi;
  9. Tanlov go'libi 9-dekabr kuni e'lon qilinadi.

Tanlov g'olibiga Texnoman.uz sayti ma'muriyati tomonidan 200.000 so'm pul mukofoti sovrindorga qulay bo'lgan usulda yetkaziladi.

Agar tanlovda hamkor yoki homiy sifatida qatnashmoqchi bo'lsangiz, iltimos biz bilan bog'laning!!!

Diqqat! Ushbu tanlov faqatgina Texnoman.uz sayti ma'muriyati tomonidan tashkil etilmoqda! Ushbu tanlovni tashkil etilishi va tanlov natijalari rasmiy darajada qabul qilishini va qilinmasligi O'zbekiston Respublikasining boshqaruv organlariga hech qanday aloqasi YO'Q!!!

Kutilmagan sabab va vaziyatlar bo'lganda, tanlov tashkilotchilari(sayt ma'muriyati) tanlovni bekor qilish yoki tanlov qoidalarini o'zgartirish huquqini o'zida saqlab qoladi!

Quyida bir nechta davlatlarning milliy valyutalari grafik belgisi keltirilgan(manba):

AQSH dollari

Yevropa Ittifoqi yevrosi

Janubiy Koreya voni

Rossiya rubli

Yaponiya yeni

Qozog'iston tengesi


texnoman

Muallif haqida

Texnoman Jamoasi Internetni rivojlantiramiz!


Blogdagi so‘nggi maqolalar:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!