Texnoman sentabr oyi #3 tanlovi o'z nihoyasiga yetdi

Assalom alaykum.

Texnoman.uz saytida Texnoman sentabr oyi #3 tanlovini e'lon qilgan edik. Tanlov yuzasidan bir oy vaqt davomida Texnoman.uz saytida #texnomantanlov va #texnomansentabrtanlov teglari bilan bir qancha qiziqarli, foydali maqolalar joylandi. Bir oy muddatdan so'ng, tanlov g'oliblarini aniqlash uchun Texnoman.uz saytining telegram kanalida ovoz berish yo'lga qo'yildi. Ovoz berish jarayoni natijalari quyidagicha bo'ldi:

1.(6) Internetdagi firibgarlik va qalobliklar (44 ta ovoz) - Muallif: Joker

2. (7) Bizning qurilmalarimizni rostan kuzatishmoqdami?!(41 ta ovoz) - Muallif: Joker

3. (5) MongoDB Spring Boot yordamida Rest API(33 ta ovoz) - Muallif: sirojovpolot

4. (1) Dasturchilar uchun o'nta tavsiya(27 ta ovoz) - Muallif: booradley

5. (4) Alifboni isloh qilish Oʻzbekiston xalqiga haftasiga 1 milliondan ortiq soatni tejab qolishga imkon beradi(8 ta ovoz) - Muallif: juraevuz

6. (3) Django + pyTelegramBotAPI Keyboard #2(7 ta ovoz) - Muallif: begyypy

7. (2) Django + pyTelegrambotAPI Keyboard #1(2 ta ovoz) - Muallif: begyypy

Bu galgi tanlovimizda qiziq holat yuz berdi, Joker foydalanuvchimiz bir vaqtdani o'zida ikki maqolasi tanlovda sovrinli o'rinni egalladi.

Tanlov g'oliblariga

1-o'ringa - 50.000 so'm;

2-o'ringa - 40.000 so'm;

3-o'ringa - 30.000 so'm

pul mukofotlari topshirildi.

Tanlovimizda ishtirok etgan barcha saytimiz va kanalimiz foydalanuvchilariga Texnoman.uz sayti ma'muriyati o'z minnatdorchiligini bildiradi.

Keyingi tanlovlarda ko'rishguncha!


texnoman

Muallif haqida

Texnoman Jamoasi Internetni rivojlantiramiz!


Blogdagi so‘nggi maqolalar:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!