yangi
Tizimlash
2016 Okt 7 03:12:00
Juda ko'p hollarda biron bir dasturni, html shablonni mijozga, hamkasblarga ko'rsatishda yoki umuman test qilib ko'rishda uni biron bir serverga yuklashga to'g'ri keladi. Bu holat ortiqcha vaqt, traffik sarflashga, zaruriy ishlardan chetlashishga sababchi bo'ladi. Bu kabi muommolarni hal qilish uchun ishlash uchun juda oddiy bo'lgan, bepul ngrok.com xizmatidan foydalansa bo'ladi. Bu xizmat Sizning kompyuteringizdagi http://localhost…
yangi
Web Dasturlash
2016 Okt 2 14:29:00
Assalomu alaykum hurmatli Texnoman.uz sayti a`zolari va foydalanuvchilari. Eshitgan bo`lsangiz kerak yaqinda MIT.UZ tanlovi bo`lib o`tadi. Bu tanlovda hamma o`zining yaratgan saytlari bilan qatnashishadi.TANLOVNING ASOSIY MAQSADI Yoshlar uchun mo'ljallangan ijobiy mazmundagi eng yaxshi internet resurslarni yaratish, ko'paytirish, mavjudlarini aniqlash va rag'batlantirish, veb-resurslarni yaratuvchilar diqqat e'tiborini internet texnologiyalaridan mas'uliyatli, axborot…
yangi
Umumiy Dasturlash
2016 Sen 22 06:57:00
Tassavur qilin katta (enterprise) tizim yaratayapsiz. Va albatta sizda ma'lumot jadvali (spravochnik rus tilida, reference table ingliz tilida) juda ko'p bo'ladi. Va shu jadvallarni combobox, lookup yoki listbox controllarga chiqarishingizga to'g'ri keladi. Shunda har biriga API yozishim kerak deb bosh (asosan barmoqlarni) og'ritishga to'g'ri keladi. Dasturchilar o'zining ishyoqmasligi va ixtirochiligi bilan lol qoldirish mahoratiga ega. Shuning uchun har biriga alohida API yozishdan…
yangi
Operatsion Tizim
2016 Sen 21 05:24:00
Windows 8 dan boshlab foydalanuvchilar ikki turga bo'lingan: onlayn va lokal. Bir biridan farqi shuki onlayn foydalanuvchilar mahfiy kalit so'zi Microsoft accountdagi mahfiy so'zdir. Lokal foydalanuvchilar esa o'z nomi ila faqat shu tizimga tegishli ekanini bildirib turibdi. Agar mabodo mahfiy kalit so'z esdan chiqib qolsa, u holda onlayn foydalanuvchining mahfiy kalit so'zini qayta tiklash juda oson. Uni
yangi
Web Dasturlash
2016 Sen 20 04:07:00
Hammaga salom! UZB25.TEXNOMAN.UZ - loyihasini qanday yaratilishi jaroyonini aytib bermoqchi edim, ya'ni qanaqa texnologiyalar ishlatildi, qanday vaqt sarflandi va qanday maqsadda yaratilgan edi. Loyiha open source bo'lib uni GitHubda ko'rishingiz mumkin: https://github.com/WebStyle/uzb25 Loyihadan maqsad O'zbekistonning 25-yilliga kichik bo'lsa ham sovg'a yaratish edi va eng asosiysi,…
yangi
Boshqalar
2016 Sen 17 03:18:00
Qoraqalpog'istonlik Aziz Murtazaev qanday qilib dasturchi bo'lganligi va Facebookga qanday ishga qabul qilinganligi haqida quyida o'qishingiz mumkin. Videoblogger Kuan7777 ga suhbat uchun katta rahmat! "Men Nukus shahrida tug'ilib, o'sganman. Shu yerda maktabda o'qiganman.…
yangi
Yangiliklar
2016 Sen 9 12:47:00
19-23-sentabr kunlari axborot kommunikatsion texnologiyalari ICTWEEK Uzbekistan 2016 haftaligi bo'lib o'tadi. Navbatdagi ushbu haftalik davomida bir qancha sohaga oid tadbirlar bo'lib o'tadi: - ICTEXPO 2016 - har yilgi axborot texnologiyalari ko'rgazmasi; - Internet FORUM 2016 - ko'plab kerakli mavzularga oid bo'lgan ma'ruzalar; …
yangi
Yangiliklar
2016 Sen 1 01:29:00
Barchangizni O'zbekiston Mustaqilligining 25 yilligi bilan tabriklayman. Tinchligimizga ko'z tegmasin, yurtimiz farovon va yurtoshlarimiz baxtli bo'lishsin. Shu bayram sababli #Uzb25 heshtegini ko'paytirish uchun "O'zbekiston 25 yoshda - o'z rasmingizga O'zbekiston bayrog'ini joylashtiring!" loyihasini ishga tushuramiz. Loyiha manzili: http://52.42.249.219:3000 Facebook…
yangi
Dizayn, Grafika va Ovoz
2016 Avg 27 04:10:00
TexnoBlogdagilar tomonidan so`ralgan mavzu asosida videodars tayyorlashga harakat qildim. Ya`ni Farrux aka ranglar hamda effectlar bilan rasmi qayta ishlash mavzusida darsni taklif qilgan edilar. Shuning uchun ham 7-darsni PhotoMastering deb nomladim. Hozirgi kursdagi ish to`liq PhotoMasteringga kirmasligi ham mumkin. Ammo lekin bu men uchun PhotoMastering. Sababi men ham oddiy havaskorman buni bilasiz.
yangi
Dizayn, Grafika va Ovoz
2016 Avg 19 11:47:00
Menimcha Grafitty so`zi sizga begona emas. Bu so`z meni tushunishim bo`yicha devorga chizilgan rasmlarga nisbatan aytiladi. Demak xozirgi darsda siz grafitty chizishni o`rganasiz. Joyni farqi yo`q, hohlasangiz uyingizni devorini rasmga olib tayyorlang yoki bo`lmasa internetdan olib kompyuteringiz ish stoli uchun tayyorlang. Buni hammasi sizni qo`lingizda. Faqatgina darsni yaxshilab ko`rib qunt bilan o`rgansangiz bo`lgani!
332329321320319318312310309303