"Operatsion Tizim" blogidagi maqolalar

manba

Xavfsiz rejim (Safe mode, безопасный режим) haqida

15/12/11 01:34

Oldingi maqoladan so'ng, xavfsiz rejim(safe mode, безопасный режим) haqida bir necha savollar bo'ldi, ya'ni, bu o'zi qanday rejim? maqolada, shu savolga javob berib o'taman.Xavfsiz rejim — bu windows rejimi hisoblanib, tizim bilan sodir bo'lgan muammolarni hal qilishda ishlatiladi. Chunki, bu rejimda operatsion tizim chegaralangan xizmatlar va komponentalar bilan yuklanadi. Odatda, xavfsiz rejimga kirish uchun, kompyuter ishga tushayotganda to'xtovsiz…



manba

Linux operatsion tizimi tarixi

15/11/26 02:26

Linux operatsion tizimi tarixi

Linux tarixini yozishdan oldin juda muhim savolga javob topish lozimligini anglab yetdim.Linux yoki GNU/Linux?Linux operastion tizimi haqida gapirilganda uni Nan Linux, ba'zida GNU/Linux deb nomlashadi. Aslini olganda Linux bu operatsion tizimning yadrosidir. Ushbu operatsion tizimni ishlashini ta'minlovchi ko'pgina dasturlar GNU dasturiy ta'minoti hisoblanadi. GNU bu Unix emas degan ma'noni beradi va u Linux uchun foydalanish mumkin…



manba

Linuxni tanlash uchun 10 sabab

15/10/05 02:28

Linuxni tanlash uchun 10 sabab

Windows va Linux amaliyot tizimlari kompyuterdan foydalanuvchilar o'rtasida doimiy bahslarga sabab bo'lib kelgan. Ularning qaysi birini tanlagan ma'qul? Quyida e'tiboringizga havola etiladigan 10 tavsiya Linuxning afzallikllari xususida.1) Linux – eng xavfsiz tizim. Darhaqiqat, amaliyot tizimini ishlab chiqishning dastlabki bosqichlaridayoq xavfsizlikka katta e'tibor berilgani bois Linuxni bemalol fundamental xavfsiz tizim deb atash mumkin. Ayniqsa, kompyuteringizda muhim va maxfiy…



manba

LAMP server oʻrnatish

15/10/05 02:15

LAMP server oʻrnatish

.php fayllarni koʻrish uchun odatda virtual server kerak boʻladi. Windows operatsion tizimida koʻpchilik "Denver"dan foydalanishga odatlanib qolgan, chunki uning oʻzi hamma moslash jarayonini oʻzi amalga oshiradi. Linuxda ham xuddi shunday virtual server hosil qilish mumkin. U yerda "Joomla", "Drupal" va "Wordpress" kabi ochiq kodli "cms"larni ishlatib koʻrishingiz va tanishishingiz mumkin boʻladi. Buning uchun LAMP serverni oʻrnatish kerak boʻladi. LAMP qisqartma soʻz. L harfi "Linux"…



manba

"Ubuntu"ning yutuqlari

15/04/19 08:15

"Ubuntu"ning yutuqlari

Men, «notebook»imda, asosan, «Ubuntu 11.10»dan foydalanaman. Ba`zi vaqtlardagina undagi «Windows 7»dan foydalanishga majbur boʻlaman. Qisqasi, asosiy vaqtim linuxda oʻtadi. Bunga quyidagi yutuqli taraflari sabab:1. Ubuntu tez ishlaydi. Dars vaqtida oʻquvchilarga birorta video yoki rasmni koʻrsatish uchun yoqish va oʻchirish juda tez amalga oshadi. Undan tashqari tizimning oʻzbek tilida ekanligi ham baʻzida bolalarning diqqatini oʻziga jalb qiladi.…



manba

Boshlovchilar uchun Linux Buyruqlar Satri bo'yicha qo’llanma

15/03/10 10:29

Boshlovchilar uchun Linux Buyruqlar Satri bo'yicha qo’llanma

Ko'pincha buyruqlar satri bilan ishlashni eskirgan usul degan gaplarni eshitib qolamiz. Lekin bu usul Linuxda vazifalarni bajarishning eng elastik va kuchli yo'li hisoblanadi. Masalan, biror katalogdagi (hamda uning ichki kataloglari) hamma .doc fayllarni qidirib va ularni o'chirmoqchi bo'lsangiz, bu grafik interfeys orqali bir necha qadam bo'lishi mumkin. Linux buyruqlar satri orqali esa bu bir necha soniyaga boradi xolos. Ushbu maqolada, Linux buyruqlar satri asoslari, katalog navigatsiyasi,…



manba

iPhone yoki Android? Taqqoslaymiz

15/03/01 01:39

iPhone yoki Android? Taqqoslaymiz

Ko‘pchilik odamlarning vaqt va nigohini o'ziga qarata olgan matoh – gadjetlar, aniqrog‘i ularning operatsion tizimlarini taqqoslab chiqishni lozim topdik. Qanday divays ishlatish-ishlatmasligingizdan qat’iy nazar, iOS va Android muxlislarining ushbu ashaddiy mavzusini tadqiq qilish – o‘ylaymizki nafaqat yosh dasturchilar balki shunchaki oddiy o‘quvchini ham befarq qoldirmaydi. Eslatib o‘tamiz, biz o‘quvchini biron bir mahsulot olishga undamoqchi…