Nishonov Muxtorali Madaminovich - Texnoman foydalanuvchisi
Nishonov Muxtorali Madaminovich - Texnoman foydalanuvchisi
So‘nggi tashrifi 19-Iyulda
Toshkent

O'zFA Yadro fizikasi instituti

A’zo :


mnishonov Operatsion Tizim 3-Dekabr 07:20

Linuksni doimiy xotira qurilmasiga o‘rnatish uchun reja

Ushbu maqolada doimiy xotira qurilmasini (eng. hard disk drive (HDD); рус. жесткий диск) turli qismlarga (eng. partitions; рус. разделы) bo'lishga doir va Linuksni o'rnatishdan avval bilish zarur bo'lgan ba'zi tushunchalar yoritilgan Bu maqola Linuksni o'rnatish jarayonida doimiy xotira qurilmasini qaysi qismlarga ajratishni aniqlashga ham yordam beradi.Qismlarga ajratish deganda nima tushuniladi?Tasavvur qiling: siz ishlaydigan…
Teglar: linux swap xotira qism 0
mnishonov
mnishonov #
Assalomu alaykum! Xakerlar mavzusini yoritib yaxshi ish qilibsiz. Lekin, mavzuga yanada chuqurroq kirish, xakerlik mohiyatini kengroq anglash uchun ba'zi savollarga javob qidirib ko'rilsa, maqsadga muvofiq bo'larmidi? Masalan, 1- savol: "xakker" mi yoki xaker? 2- savol: xakerlar shunchalik xavfli ijtimoiy hodisa ekan - ularga qarshi kurashish salohiyatiga ega bo'lgan mutaxassislarni qaysi nom bilan atash mumkin? 3- savol: astranomiya sohasida ham xakerlar bo'lar ekan. Ular kimlar? 3- savol: White hat (Oq qalpoq), Black hat (Qora qalpoq), Grey hat (Kulrang qalpoq) kimga nisbatan qo'llaniladi?
mnishonov
mnishonov #
Assalomu alaykum! "balki vatanga xizmat qilish hissi uyg'onganda ishlashim mumkin deyman" ! Zo'r fikr! Vatan bazida ONA VATAN deyilishga sabab nimaligini bilasizmi?
mnishonov
mnishonov #
Linux (Linuks deb o'qiladi) ni o'rnatish Windowsni o'rnatishdan butunlay farq qiladi. Ushbu OT ni bizda keng tarqalishiga to'sqinlik qiladigan sabablardan biri ham shunda bo'lsa kerak. Chunki Uzbekistonda deyarli hamma Windowsni (litsenziyalanmagan holda) ishlatishadi va undagi C:, D:, ..., va h.k. disklarga juda bog'lanib qolishgan. Linuksda C:, D: kabi disk tushunchasi mavjud emas. Yuqorida so'z ketgan Linux Mint OT uchun tayyorlangan qo'llanmada uni HDD ga o'rnatish xaqida ham ma'lumot bo'lishi kerak. Aks holda, googl dan so'raysiz. Umuman olganda bu amal unchalik qiyin emas. Linuxning iso tasvirini ko'chirib olgach uni Windowsdagi Nero yoki UltraISO kabi dasturlar yordamida DVD diskka yozasis (burn). So'ng Windowsni qanday o'rnatgan bo'lsangiz xuddi shunday Linuxni ham o'rnataverasiz. O'rnatgich (instalyator) bergan savollarga javob bersangiz bo'lgani. O'rnatayotgan paytda HDD da qanday kataloglar hosil qilish xaqida https://texnoman.uz/post/linuksni-doimiy-xotira-qurilmasiga-ornatish-uchun-reja.html maqoladan bilib olasiz.
mnishonov
mnishonov #
Linuxning qaysi distributivi (varianti) qanchalik darajada ko'p ishlatilayotganligini kuzatib boruvchi internet resurs https://distrowatch.com natijalariga ko'ra xozirgi kunda eng ommaviylashgan distributivni https://www.linuxmint.com/ manzildan kompyuteringizga yuklab olishingiz mumkin. Uni hali qimmatli ma'lumotlar saqlanmagan yangi HDD ga o'rnatganingiz ma'qul. Omad!
mnishonov
mnishonov #
Assalomu alaykum. Doppixni ko'chirib oldim. Doimiy xotira qurilmasiga o'rnatish murakkab ekan. O'rnatish paytidagi ko'p variantlarning mavjudligi mutaxassis bo'lmagan foydalanuvchiga og'irlik qiladi. Lekin, yomon emas. Menga to'liq tarjima qilinmagandek tuyuldi.
mnishonov
mnishonov #
Assalomu alaykum. Juda og'riqli mavzuni ko'taribsiz. Men ona tilimizni himoya qilib, qandaydir fikr bildirgan insonlar boshqa millatlar tillariga yomon munosabatda yoki ularga qarshi, degan fikrdan yiroqman. Tanqid qilish, kamchilikllarni ko'rsatish ko'pchilikning qo'lidan keladi. Lekin, mavjud muammolarni hal etish yo'llarini ko'ra oladiganlar juda kam. Bir tajriba taklif qilmoqchiman: Toshkent ko'chalarida (balki nafaqat Toshkentda) avtobusdami, piyoda yoki o'z avtomobilingizdami ketayotgan paytda atrofingizga razm soling. Devorlarda, binolarning kirsish qismlarida, umuman, osib qo'yilgan ihtiyoriy yozuvlarga e'tibor bering. Ularning orasidan nechtasi O'zbek tilida? Yurtimizning eng obro'li oliy ta'lim maskani O'zbekiston Milliy Universitetiga yo'lingiz tushsa, Matematika fakultetiga kiraverishda o'ng tarafda ajoyib yozuvga ko'zingiz tushadi: "Компьютерный услуги!". Fikr so'radim: nega "Kompyuter xizmatlari", deb yozishmagan? Javob: O'zbekcha yozilsa mijozlar kirmas emish! Agar olimlari o'z asarlarini boshqa tillarda yozishsa, yoshlari o'zlarini Bitiruv malakaviy ishlari hamda Magistrlik dissertasiyalarini Rus yoki Ingliz tillarida tayyorlashni obro' hisoblashsa, O'zbek tilida ma'lumot qidirgan o'quvchi yoki talabaga Rus yoki Ingliz tilini o'rgan!, deb po'pisa qilishsa, O'zbekistonda nashr qilinadigan ilmiy jurnallar OAK uchun eng obro'siz manbaalar sanalsa, aytingchi 32 millionga yaqin aholisi bor O'zbekiston deb atalmish ona yurt uchun jonini fido qila oladigan O'zbek farzandini qaysi tilda tarbiyalaymiz? Meni fikrlarim balki o'ta ehtirosli tuyular! Lekin, bir holatni hech kim inkor eta olmaydi: O'zbekistonda O'zbek tilida ish yuristish o'z yo'liga, bu qonun asosida belgilab qo'yilgan. Internetda, kitoblarda, maqolalarda, axborot resurslarida O'zbek tilida ma'lumot juda kam! Nega? Nimaga? Kim javob bera oladi? O’zbek tilida Ustozlar tomonidan yozilgan o’quv qo’llanmalari yillar mobaynida tegishli muassasalarda qarovsiz yotsa, nashr qilish uchun millionlab mablag’lar muallif tomonidan sarflanishi lozim bo’lsachi? Maqolaga taqriz yozish niyatim yo’q. Muallifga o’z minnatdorchiligimni bidirib qo’ymoqchiman. Bahonada men ham ba’zi fikrlarimni boyon qilish imkoniga ega bo’ldim.
mnishonov
mnishonov #
Assalomu alaykum. Fikringiz menga ma'qul. Shu kunlarda vaqt topib biror varaq qoralaymanda, sizga yuborarman. Qarab chiqib, fikringizni aytsangiz va ma'qul topsangiz, web sahifaga joylash mumkin bo'ladi.
mnishonov
mnishonov #
Assalomu alaykum! Doppixni topolmadim, imkon bo'lganda edi ishlatib ko'rgan bo'lar edim. OpenSource emas shekilli.
mnishonov
mnishonov #
Meni nazarimda, milliy operasion tizim atamasi sal mavhum tushuncha. Savol tug'iladi kimning milliy operasion tizimi bor? Ruslar, AQSH liklar, Yevropaliklar va Xitoyliklar h.k yoki MS Windows, Linux ... yoki Mac OS X ni ishlatishadi. Ularda faqat ruscha, inglizcha, nemischa va xitoycha so'zlar hamda ularga mos shriftlar mavjud. Ular operasion tizimga milliy so'zini qo'shmaydilar. Albatta, yuqorida sanab o'tilgan operasion tizimlardan boshqa yana ko'plari ham mavjud. Lekin 'Milliy operasion tizim' atamasi juda kam uchraydi shekilli. Yurtimizda kuzatilayotga asosiy holat O'zbek tilida ma'lumotlarni kamligi va Linux uchun yaratilgan Unity, Gnome, Cinnamon, Mate, XFCE muhitlarning o'zbek tilidagi variantlari ochiq yuklash uchun qo'yilmaganligida. Doppix o'zbek tilida deb aytilyapti. O'ylashimcha unda sanab o'tilgan qaysidir ishchi stol muhiti o'zbek tiliga to'liq tarjima qilingan bo'lsa kerak. Ular qandaydir .po fayllarda saqlangan bo'lsa ham kerak. Muammo shudaki, bu fayllar yopib qo'yilgan va bu holat OpenSorce tabiatiga mos emas.
mnishonov
mnishonov #
Linux operasion tizimi bilan ishlashni endigina boshlagan foydalanuvchilarda (MS Windowsdan keyin) ko'pincha uni kompyuterning doimiy xotirasiga o'rnatishda savollar tug'iladi va bu savollar doimiy xotirada qaysi kataloglarni yaratish hamda yaratilgan kataloglarga qanchadan o'lcham berish bilan bog'liq bo'ladi. Albatta, Linux ni o'rnatishga yordam beruvchi grafik interfeysli qulay o'rnatgichlar (instalyatorlar) mavjud va ularda avtomatik o'rnatish rejimi ham bo'lishi mumkin. Lekin bu holda doimiy xotira hajmini foydalanuvchi xoxlagandek taqsimlash imkoni boy beriladi. Shu sababli, yangi foydalanuvchilarga, tajriba orttirib olgunlariga qadar, quyidagi maslahatni berish mumkin: 1- swap bo'lim (ishchi xotiradan 1,5-2 baravar kattaroq hajmli, HDD dagi ma'lum joyni ishchi xotira sifatida ishlatish imkonini beradi), 2- / (asosiy bolim) operasion tizim shu yerga o'rnaydi. Ko'pchilik zamonaviy Linux distributivlar 7 GB gacha joy talab qiladi. Lekin qo'shimcha dastural o'rnatis maqsadi uchun 20-30 GB hajm ajratish yaxshi usul hisoblanadi. Yuqoridagi maqolada sanab o'tilgan kataloglar shu yerda avtomatik yaratiladi. 3- /home katalogi. Bu yerda Linux foydalanuvchilar uchun kataloglar joylashadi. HDD ning swap va / asosiy kataloglardan qolgan hajmini to'lig'icha /home katalogiga berish mumkin. Agar MS Windowsdagi C: va D: kataloglarni yodga olsak, / katalog C: ga, /home esa D: ga mos kelayotgandek. Ba'zida shunday fikrlasa ham bo'ladi. Lekin, aslida bu o'xshatish unchalik to'g'ri emas. Linuxda ishlash tajribangiz ortishi bilan to'qri bilim asta sekin paydo bo'ladi.