Nishonov Muxtorali Madaminovich - Texnoman foydalanuvchisi
Nishonov Muxtorali Madaminovich - Texnoman foydalanuvchisi
So‘nggi tashrifi 19-Iyulda
Toshkent

O'zFA Yadro fizikasi instituti

A’zo :


mnishonov Operatsion Tizim 3-Dekabr 07:20

Linuksni doimiy xotira qurilmasiga o‘rnatish uchun reja

Ushbu maqolada doimiy xotira qurilmasini (eng. hard disk drive (HDD); рус. жесткий диск) turli qismlarga (eng. partitions; рус. разделы) bo'lishga doir va Linuksni o'rnatishdan avval bilish zarur bo'lgan ba'zi tushunchalar yoritilgan Bu maqola Linuksni o'rnatish jarayonida doimiy xotira qurilmasini qaysi qismlarga ajratishni aniqlashga ham yordam beradi.Qismlarga ajratish deganda nima tushuniladi?Tasavvur qiling: siz ishlaydigan tashkilot yangi…
Teglar: linux swap xotira qism 0
mnishonov
mnishonov #
Linux distributivlarini kompyuterning doimiy xotirasiga (HDD ga) o'rnatishda MULTISYSTEM dasturi juda qulay. Hozirgi kunlarda, odatda ko'pchilik USB flesh xotira qurilmasiga ega (kamida 4 GB hajmli). Kerakli Linux distributivni .iso tasvir ko'rinishida yuklab olib, uni USB xotira qurilamsiga MULTISYSTEM dasturi orqali ko'chirib, o'zidan yuklanuvchi (bootable) USB flesh yaratish mumkin. Bunday qurilma Linuxni doimiy xotiraga o'rnatmasdan turib ham unda ishlab ko'rish imkonini beradi (ko'p hollarda).
mnishonov
mnishonov #
Dasturlash tilini tanlash sizning maqsadingiz bilan bog'liq. Ayni paytda Linux juda keng tarqalgan operasion tizimlardan biri bo'lib (taxminlarga ko'ra dunyoda milliarddan ko'proq odam Linuxni ishlatar ekan) unda o'zingiz xoxlagan dasturlash tillarida kompyuter dasturlari yaratishingiz mumkin. Quyida qo'yilgan vazifaga qarab eng ko'p ishlatiladigan dasturlash tillariga misollar keltirilgan: PYTHON, JAVA, C, PHP, C++, JAVASCRIPT, C#, RUBY, OBJECTIVE-C Katta va uzoq vaqt hisoblashlar bajarish zarurati bo'lsa (asosan ilmiy-texnikaviy masalalarda) ko'pincha C++ va FORTRAN ishlatiladi.