Texnoman.uz noyabr oyi #4 tanlovi - Texnoman 4 yoshda - Go'liblari aniqlandi

Assalom alaykum.

4-noyabr kuni Texnoman.uz sayti 4 yoshga to'lganligi munosabati bilan "Texnoman.uz noyabr oyi #4 tanlovi - Texnoman 4 yoshda" tanlovini e'lon qilgan edik. Ushbu tanlov bir nechta yo'nalishlar bo'yicha tashkil etilgan edi. Quyida ushbu yo'nalishlar bo'yicha natijalar ko'rsatilgan;

1-tanlov - Eng yaxshi maqola. Ushbu yo'nalish doirasida Texnoman.uz saytida umumiy 14-dona maqola joylandi. Texnoman.uz'ning telegram kanalida ushbu yo'nalish bo'yicha g'olibni aniqlash maqsadida ovoz berish jarayoni e'lon qilindi. Ovoz berish jarayoni natijalari quyidagicha:

1-o'rin: (13). C++ da grafika (Muallif: coderuz) – 73 ta ovoz;

2-o'rin: (8). ESET NOD32 vs KASPERSKY (Muallif: Joker) – 56 ta ovoz;

3-o'rin: (3). Berilgan N sonigacha bo'lgan tub sonlarni topishning eng samarali algoritmi (Muallif: Javohir707) – 51 ta ovoz;

4-o'rin: (9). O'zbekistonda qaysi dasturlash tili kerakliroq?! (Muallif: Joker) – 42 ta ovoz;

5-o'rin: (5). Birlashmali saralash (Merge Sort) (Muallif: SabirovTemurbek) – 24 ta ovoz;

6-o'rin: (10). O'zbekistonda eng ko'p tarqalgan zararsiz viruslar (Muallif: Joker) – 21 ta ovoz;

7-o'rin: (14). Berilgan sonning barcha tub bo'luvchilarini topishning samarali usullaridan biri (Muallif: Javohir707) – 12 ta ovoz;

8-o'rin: (7). Binar qidiruv( Binary Search ) (Muallif: java1009) – 9 ta ovoz;

9-o'rin: (12). Shunting-yard algoritmi! (Muallif: shranet) – 6 ta ovoz;

10-o'rin: (1). Django restframework API Blog #2 (Muallif: begyypy) – 2 ta ovoz;

11-o'rin: (2. Chiziqli va binar qidiruv (Muallif: abdujabbor1987) – 1 ta ovoz;

12-o'rin: (6). So'zlarni alifbo tartibida saralash algoritmi (Muallif: juraevuz) – 1 ta ovoz;

13-o'rin: (4). Django restframework API Blog #3 (Muallif: begyypy) – 0 ta ovoz;

14-o'rin: (11). Endi poyga kameralar soni uchun (Muallif: Joker) – 0 ta ovoz;

Tanlovning ushbu yo'nalishi shartlari bo'yicha g'oliblarga quyidagi sovrinlar yetkaziladi:

1-o'rin uchun 100.000 so'm;

2-o'rin uchun 75.000 so'm;

3-o'rin uchun 50.000 so'm.

2-tanlov - Al-Xorazmiy algoritmlash tanlovi. Ushbu yo'nalish bo'yicha natijalar bilan quyidagi maqolada tanishishingiz mumkin.

3-tanlov - Dizaynerlar uchun maxsus tanlov. Bu tanlov bo'yicha mana bu maqolada tanishishingiz mumkin. Tanlov go'liblari yanvar oyida aniqlanadi!

4-tanlov. Githubchi. Ushbu tanlovda ushbu maqolada izoh qoldirgan umumiy 13 foydalanuvchi ishtiroki tasdiqlandi. Va g'olib random.org xizmati orqali aniqlandi. Demak, ishtirokchilar ichidan ixtiyoriy ravishda coderuz foydalanuvchi g'olib deb aniqlandi! G'olibni aniqlash jarayonini mana bu videoda ko'rishingiz mumkin.

Tanlovimizda ishtirok etgan barcha ishtirokchilarga tanlovimizdagi ishtiroklari uchun minnatdorchilik bildiramiz! Go'liblarni esa tabriklaymiz! Keyingi tanlovlarda ham ishtirokingizni kutib qolamiz!

Birinchi va to'rtinchi tanlov g'oliblarini Texnoman.uz sayti ma'muriyati bilan bog'lanishlarini so'raymiz!


texnoman

Muallif haqida

Texnoman Jamoasi Internetni rivojlantiramiz!


Blogdagi so‘nggi maqolalar:


Fikrlar 3

Verro
Verro
7-белги
Rashidxon
Rashidxon
qoyil! yana shunaqa tanlovlar tashkil etiladimi?
Ertugul
Ertugul
Assalom alaykum. Yana shunday tanlovlar e'lon qilinadimi?
Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!