Al-Xorazmiy algoritmlash tanlovi - G'oliblari aniqlandi!

(Rasm Busy.org)

Assalom alaykum.

Noyabr oyi boshida, Texnoman.uz sayti qayta ochilganiga 4 yil bo'lgani munosabati bilan, "Texnoman.uz noyabr oyi #4 tanlovi - Texnoman 4 yoshda" doirasida "Al-Xorazmiy algoritmlash tanlovi" e'lon qilgan edik.

Ushbu tanlov uchun Texnoman.uz saytida Algoritm blogida umumiy 7 ta maqola joylandi. So'ng, g'oliblarni aniqlash uchun ovoz berish jarayoni tashkil etildi.

Demak, tanlov g'oliblarini aniqlash uchun Texnoman.uz'ning telegram kanalida bo'lib o'tgan ovoz berish jarayoni natijalari quyidagicha:

1-o'rin: (2). Berilgan N sonigacha bo'lgan tub sonlarni topishning eng samarali algoritmi (Muallif: Javohir707) – 108 ta ovoz;

2-o'rin: (3). Birlashmali saralash (Merge Sort) (Muallif: SabirovTemurbek) – 83 ta ovoz;

3-o'rin: (5). Binar qidiruv( Binary Search ) (Muallif: java1009) – 53 ta ovoz;

4-o'rin: (6). Shunting-yard algoritmi! (Muallif: shranet) – 9 ta ovoz;

5-o'rin: (7). Berilgan sonning barcha tub bo'luvchilarini topishning samarali usullaridan biri (Muallif: Javohir707) – 7 ta ovoz;

6-o'rin: (4). So'zlarni alifbo tartibida saralash algoritmi (Muallif: juraevuz) – 4 ta ovoz;

7-o'rin: (1). Chiziqli va binar qidiruv (Muallif: abdujabbor1987) – 2 ta ovoz.

Tanlov shartlariga ko'ra, go'liblar homiylar va Texnoman.uz sayti ma'muriyati tomonidan quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar:

1-o'rin 200.000 so'm;

2-o'rin 150.000 so'm;

3-o'rin 100.000 so'm.

Go'liblardan(Javohir707, SabirovTemurbek, java1009) mana bu yerda shaxsiy telefon raqam va ismlari qoldirilishi so'raladi.

Texnoman.uz sayti ushbu "Al-Xorazmiy algoritmlash tanlovi"da qatnashgan barcha ishtirokchilarga o'z minnatdorchiligini bildiradi. Keyingi tanlovlarimizda Sizlardan yana qiziqarli maqolalar kutib qolamiz.


texnoman

Muallif haqida

Texnoman Jamoasi Internetni rivojlantiramiz!


Blogdagi so‘nggi maqolalar:


Fikrlar 4

texnoman
texnoman
Barcha g'oliblarga mukofotlar yetkazildi! Tez orada boshqa natijalarni ham e'lon qilamiz!
mranonim
mranonim
Tabriklayman hamma g'oliblarni
invest
invest
7-белги
Bekaka
Bekaka
juda ajoyib ish qilyapsizlar! Katta rahmat Sizlarga! O'ylaymanki, bundan keyin ham shu tempda davom etasizlar. Texnoman.uz xohlagan odam maqola yoza oladigan O'zbekistondagi yagona blog sayt hisoblanadi!
Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!